22 dekabr kuni o'tkazilgan “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimi sud`yalari ishtirok etdi. Mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Maxsus o'quv moduli mashg'ulotlari O'zbekistonning inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlari ijrosi doirasida o'tkazilmoqda. Bu BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi hamda Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi tavsiyalari taqozosidir.
Vebinar shaklidagi mashg'ulotlarda odam savdosi jabrdiydalarining huquqlarini himoya qilish qonunchiligi bilan bu boradagi inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning o'zaro uyg'unligi Palermo protokoli misolida qiyosiy tahlil qilindi.
Bunda O'zbekiston ratifikatsiya qilgan xalqaro-huquqiy shartnomalardagi tegishli normalar sud`yalar tomonidan sudlov amaliyotida qo'llanilishining ahamiyati, ayni sohadagi bilim va ko'nikmalarni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 23.12.2020
- Ko'rishlar: 3472
- Chop etish