“Montsame” axborot agentligi sahifalarida davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga tashrifi batafsil yoritilmoqda.
Nashr ma’lum qilishicha, Davlat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazgan.
– Mo‘g‘uliston Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston bilan do‘stona aloqani mustahkamlash, barcha sohalarda hamkorlik ko‘lamini kengaytirish tarafdori ekani ta’kidlandi, – deb yozadi muallif. – Prezidentlarning bir yil ichida amalga oshirgan o‘zaro davlat tashriflari ikki xalq do‘stligini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.
O‘zbekiston yetakchisining ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi Mo‘g‘ulistonga mazkur ilk tashrifi ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berishi alohida qayd etildi. Prezidentimiz mezbon tomonni yaqinlashib kelayotgan Xalq inqilobi kuni bilan ham tabrikladi.
Muloqot davomida munosabatlarni yanada rivojlantirishga doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan.
O‘zA
- Qo'shildi: 25.06.2025
- Ko'rishlar: 439
- Chop etish