Xitoy rasmiylar orasida qimmat oziq-ovqat va spirtli ichimliklarni taqiqlaydi

Xitoy tejamkorlikka qatʼiy rioya qilishga chaqirmoqda, partiya va davlat muassasalarida isrofgarchilikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.

Bu haqda XXR Davlat kengashi saytida eʼlon qilingan qaror matnida aytiladi.

Hujjatda, shuningdek, ziyofatlar, alkogol va tamaki uchun xarajatlar boʻyicha koʻrsatmalar mavjud.

Xususan, partiya va davlat organlari rasmiy qabullarni oʻtkazish boʻyicha ichki meʼyorlarga qatʼiy rioya qilishlari, xarajatlarni nazorat qilishning umumiy tizimini joriy etishlari kerak.

Ish kunlari tushlik paytida bayramona taomlar berilmasligi kerak, tamaki va spirtli ichimliklar boʻlmasligi kerak.

Murojaatda mamlakatning barcha hududlari va barcha darajadagi muassasalarda isrofgarchilik — uyat, tejamkorlik esa sharaf sanaladigan muhitni qaror toptirishi zarurligi taʼkidlangan.

Yangi qoidalar 18-maydan kuchga kirdi.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»

Powered by GSpeech