AOKAda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida sohada amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida 156 290 nafar xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka: 117 911 nafari kasb-hunarga, 24 357 nafari tomorqadan daromad topishga, 8 569 nafari xavfsiz migratsiya tamoyili asosida xorijiy til va kasb-hunarga, 5 453 nafari daraxt va gul ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha o‘qitildi.
Tijorat banklari tomonidan joriy yil 1-iyun holatiga 174 885 nafar xotin-qizlarga 11 trln 555,9 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Shundan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 82 558 nafar xotin-qizlarga 1 294,5 mlrd so‘m kreditlar ajratilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida 1 690 136 nafar xotin-qizlar daromadli mehnat bilan ta’minlandi.
Kriminogen vaziyati og‘ir mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 108 852 nafar xotin-qizlarning muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘rildi.
11 065 ta oilalardagi turli ijtimoiy-maishiy muammolar hal etildi, 2 951 nafar xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi ta’minlandi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida, zo‘ravonlikdan jabrlangan va tazyiqqa uchragan 55 757 nafar xotin-qizlarga “himoya orderi” rasmiylashtirildi.
Eng muhimi, 22 527 ta oilalar yarashtirildi va 28 193 ta nizolarning asl sabablari bartaraf etildi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 10.07.2025
- Ko'rishlar: 129
- Chop etish