O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligi: matbuot kotiblari o‘zaro tajriba almashmoqda

Ozarbayjon davlati bilan ko‘p qirrali aloqalar doirasida axborot va media sohasida ham doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Axborot va media hamkorlik doirasida ikki davlat OAV va Axborot xizmatlari mutaxassislari uchun tajriba almashish, sohaga oid yangicha yondashuvlarni o‘rganish maqsadida muntazam tashriflar, press-turlar tashkil etilmoqda.

 

Shu kunlarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi asosida qator davlat organlari Axborot xizmatlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tajriba almashish va sohadagi yangilanishlarni o‘rganish maqsadida Ozarbayjonda bo‘lib turishibdi.

 

Ma’lumot uchun: 2024-yilning sentyabr oyida Ozarbayjonning turli vazirlik va idoralari matbuot kotiblari O‘zbekistonga kelishgan edi.

 

Kecha, 6-may kuni tashrif dasturiga ko‘ra Ozarbayjon Mediani rivojlantirish agentligida O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Agentlik direktori muovini Notiq Mamedli mehmonlarni Bakuga tashrifi bilan qizg‘in qutladi.

 

Tomonlar ikkala mamlakat vazirlik va idoralarining matbuot xizmatlari o‘rtasida izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbollarini muhokama qilishdi.

 

Delegatsiya a’zolari Baku shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi.

 

Bugun Ozarbayjonga safarning asosiy tadbiri - matbuot kotiblari uchun qo‘shma seminar trening o‘z ishini boshladi.

 

Ma’lumot uchun: bu yil O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30-yil to‘lmoqda.

Rasmiy xabarlar

Powered by GSpeech