ANONS

Sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida Ilmiy-tadqiqot konsortsiumi doirasida 2020 yil 18 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Xalqaro migrantlar kuniga bag'ishlangan “Mamlakatimizda migratsiya sohasidagi davlat boshqaruvining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiya bo'lib o'tadi.

Tadbir “Aholi migratsiyasida raqamli vizalar platformasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirish doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ushbu xalqaro tadbirda o'nga yaqin xorijiy va yuzdan ziyod milliy mutaxassislar, jumladan, milliy va xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot institutlari ekspertlari, qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, migratsiya munosabatlarini tartibga solish bilan shug'ullanuvchi idoralar xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, migratsiya muammolari bilan shug'ullanayotgan tadqiqotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Akademiyasi

Powered by GSpeech