Tashakkurnoma

Almati, 19.08.2020

Muhtaram O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov janoblari,

Fridrix Ebert nomidagi fondning O'zbekistondagi bo'limi Sizga keyingi yillardagi juda samarali hamkorligimiz uchun samimiy minnatdorlik bildiradi. Siz biz uchun tashkilotimizning markaziy sherigi hamda o'zbek va nemis xalqlari do'stligining timsoli hisoblanasiz.

Bizlarning hamkorlikdagi ishlarimiz shu do'stlikni mustahkamlamoqda va mamlakatlarimiz taraqqiyotiga hissa qo'shmoqda. Bu oyda yana bir marra zabt etildi: Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumini ulkan muvaffaqiyat bilan o'tkazdik! Ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq og'ir sharoitda mazkur tadbirning yuksak darajada tashkil etilganidan mamnun bo'ldik, shuningdek yuqori martabali ishtirokchilarning qiziqarli chiqishlaridan nihoyatda ta'sirlandik. 

Fridrix Ebert fondi nomidan ana shu ulkan muvaffaqiyat bilan chin yurakdan tabriklashga ijozat bergaysiz. Biz ushbu muvaffaqiyatga qo'shgan kichik hissamizni o'zimiz uchun sharaf, deb bilamiz.

Ishonchim komilki, Sizning rahbarligingizda keyingi oylarda ham  o'zaro hamkorlikdagi sa'y-harakatlarimizni davom ettirish yo'llarini topamiz. Sheriklikdagi faoliyatimiz uchun imkoniyat yaratadigan har qanday takliflaringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz!

Hurmatli akademik Akmal Saidov janoblari,

Sizga hamkorlikda o'tkazilgan tadbirlar uchun yana bir bor minnatdorlik izhor etaman va bugungi kunning inqirozli vaziyatlariga barham berishda Sizga shiddat-shijoat hamisha hamroh bo'lishini tilab qolaman. Mas'uliyatli inson va qarorlar qabul qilish vakolatiga ega  mas'ul shaxs sifatida oldingizda katta ishlar turganini bilaman. Siz va O'zbekiston ushbu chaqiriqlarga munosib javob berishingizga to'la ishonaman va bu yo'lda Sizlarga omadlar tilayman.

Shuni ishonch bilan ma'lum qilamanki, Fridrix Ebert nomidagi fondning O'zbekistondagi bo'limi Sizni bu borada har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.

Sizga chuqur ehtirom ila,

 

Kristof Peter Moor,
Fridrix Ebert nomidagi fondning
O'zbekiston va Qozog'istondagi bo'limi
Mintaqaviy direktori

Powered by GSpeech