Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Xalqaro gumanitar huquq qöllanişini rivojlantiriş yölida

3 noyabr kuni Jenevada Xalqaro Qizil Xoç Qömitasi (XQXQ) va Şveysariyaning xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya etilişini kuçaytirişga qaratilgan qöşma taşabbusi doirasida taşkil etilgan «Xalqaro gumanitar huquq böyiça global muloqot»ning oçiliş marosimi böldi.

Tadbirda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov iştirok etdi. Mamlakatimiz vakili forumning “Xalqaro gumanitar huquq asoslarini şakllantirişda umumijtimoiy yondaşuv” mavzusidagi davra suhbati doirasida sözga çiqdi.

Oçiliş marosimida XQXQ prezidenti Miryana Spolyariç va Şveysariya Federal taşqi işlar departamenti rahbariyati vakili Aleksandr Fazel ma’ruza qildi. Bunda asosiy e’tibor xalqaro gumanitar huquqqa nisbatan zamonaviy tahdidlarga, tinç aholini himoya qiliş hamda davlatlarning gumanitar me’yorlarga rioya qiliş böyiça mas’uliyatini oşiriş zaruratiga qaratildi.

Ma’ruzalarda davom etayotgan qurolli mojarolar va gumanitar ehtiyojlar ortib borayotgan bir şaroitda xalqaro hamjamiyat Jeneva konvensiyalariga rioya etilişini ta’minlaş, inson qadr-qimmatini himoya qiliş hamda xalqaro gumanitar huquq buzilişining oldini oliş borasidagi sa’y-harakatlarni faollaştirişi zarurligi qayd etildi. Şuningdek, Xalqaro gumanitar huquq böyiça global taşabbusning milliy tajriba almaşiş, amaliy tavsiyalar işlab çiqiş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş platformasi sifatidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A. Saidov iştirokçilar e’tiborini milliy qonunçilik va xalqaro gumanitar huquqni amalga oşiriş mexanizmlarini mustahkamlaş, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan özaro hamkorligini kengaytiriş, şuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş zarurligiga qaratdi. Ta’lim taşabbuslari, kasbiy tayyorgarlik va yoşlarni jalb qiliş orqali tinçlik davridayoq xalqaro gumanitar huquq normalariga hurmat madaniyatini şakllantiriş muhimligi alohida ta’kidlandi.

Milliy markaz direktori Akmal Saidov, şuningdek, 4 noyabr kuni XQXQ Boş direktori Per Krenbyul bilan uçraşuv ötkazdi. Muloqot asnosida XQXQ Boş direktori Özbekiston va XQXQ örtasidagi mavjud hamkorlik darajasini yuqori baholab, uning konstruktiv va samarali ekanini qayd etdi. Özbekistonning insonparvarlik qadriyatlarini ilgari suriş, inson huquqlarini himoya qiliş va xalqaro gumanitar huquqni mustahkamlaşga sodiqligini e’tirof etdi.

P. Krenbyul Özbekistonning XQXQ xalqaro taşabbuslarida faol iştirok etayotgani, xususan, xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya etilişini mustahkamlaş, qurolli mojarolar şaroitida tinç aholini himoya qiliş va uşbu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan Xalqaro gumanitar huquq böyiça global taşabbusga qöşilgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Şu munosabat bilan joriy yil dekabr oyida Iordaniyada Xalqaro gumanitar huquq böyiça global taşabbus doirasida ötkaziladigan “Uruş davrida insonparvarlik” mavzusidagi yuqori darajadagi konferensiyada Özbekiston delegatsiyasining yuqori darajada iştirok etişi muhimligi ta’kidlandi. Unda Xalqaro gumanitar huquq böyiça global taşabbusni amalga oşiriş yakunlarini sarhisob qiliş hamda davlatlarning xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga sodiqligini mustahkamlaşga qaratilgan siyosiy deklaratsiya qabul qilinişi rejalaştirilgan.

P. Krenbyul joriy yil sentyabr oyida ötkazilgan Inson huquqlari böyiça beşinçi Samarqand forumi işini ijobiy baholadi. Forumning xalqaro muloqot uçun ahamiyatini hamda XQXQ Prezidenti M. Spolyariçning tabrik maktubini alohida qayd etdi.

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi va XQXQ örtasida 2026-2027 yillarga möljallangan Harakatlar rejasini amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi. XQXQning közda tutilgan tadbirlarni röyobga çiqarişga, jumladan, ta’lim taşabbuslarini rivojlantiriş, qöşma ekspert uçraşuvlarini ötkaziş va xalqaro gumanitar huquq sohasidagi milliy qonunçilikni takomillaştirişga kömaklaşişga tayyorligi ta’kidlandi.

Bundan taşqari, P. Krenbyul Markaziy Osiyo davlatlari iştirokida xalqaro gumanitar huquq doirasida sun’iy intellektni qöllaş, milliy tajriba almaşiş va amaliy tavsiyalar işlab çiqiş masalalariga bağişlangan mavzuli seminar va konferensiyalar taşkil etiş orqali Özbekiston bilan hamkorlikni nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy darajada ham kengaytirişga tayyorligini bildirdi.

Bunda Iordaniyada bölib ötadigan Xalqaro gumanitar huquq böyiça konferensiya yakunlarini muhokama qiliş va uşbu sohadagi hamkorlikning kelgusi yönalişlarini belgilab oliş maqsadida alohida mintaqaviy anjuman ötkaziş imkoniyatiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Şuningdek, Jeneva konvensiyalari va xalqaro gumanitar huquqqa oid boşqa materiallarni lotin imlosiga asoslangan özbek alifbosida naşr etiş zarurati muhokama qilindi. Bu Özbekiston yoşlariga uşbu materiallarni ona tilida örganiş hamda ulardan foydalaniş imkonini berib, huquqiy savodxonlikni va xalqaro gumanitar huquqqa bölgan qiziqişni oşirişga xizmat qiladi.

Muloqot yakunida tomonlar tinçlik madaniyatini tarğib qiliş, inson qadr-qimmatini himoya qiliş va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 05.11.2026 Ko'rishlar 79
Ulashish