2020 yil 13 may kuni O'zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgacha bo'lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo'yicha Parlament komissiyasining birinchi majlisi bo'lib o'tdi, deb xabar tarqatdi parliament.gov.uz. sayti.
Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov O'zbekiston parlamenti BMT tomonidan insonparvarlik ruhida qabul qilingan barcha tashabbuslarini har doim qo'llab-quvvatlab kelganini ta'kidladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi 2015 yilda 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari bajarilishini o'z zimmasiga olganligi yaqqol misol sifatida ko'rsatildi.
Quyida akademik A.Saidov nutqining matni taqdim etilmoqda.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish global miqyosda o't ochishni to'xtatish bo'yicha e'lon qilgan da'vatini O'zbekiston qo'llab-quvvatlagani uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy minnadorchilik izhor etib yozgan maktubida O'zbekiston hukumati bilan rezident-koordinator rahbarligidagi BMTning Mamlakat guruhi o'rtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekanini alohida ta'kidlagan.
Bu masalada nafaqat hukumat, balki O'zbekiston parlamenti ham ushbu yo'nalishda o'zining samarali xissasini qo'shayotganligini alohida qayd etmoqchiman.
Darhaqiqat, O'zbekiston parlamenti BMTning insonparvarlik ruhiga yo'g'rilgan barcha tashabbuslarini har doim qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida O'zbekiston Respublikasi 2015 yilda 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish bo'yicha Milliy maqsadlar bajarilishini o'z zimmasiga olganligini ko'rsatish mumkin.
Aslida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari iqtisodiyot, ijtimoiy va ekologik yo'nalishlardagi ustuvor vazifalarni uyg'unlashtirib, a'zo-mamlakatlarni o'z milliy rejalarini global majburiyatlari bilan mutanosib ravishda qabul qilishga undaydi.
Shu munosabat bilan bugun Oliy Majlis tarixida birinchi marotaba Barqaror rivojlanish maqsadlarining besh yillik ijrosi bo'yicha tayyorlangan ixtiyoriy milliy hisoboti Parlament komissiyasining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi va ilk bor on-layn tarzda o'tkazildi.
Bugungi tadbirimizni "Barqaror rivojlanish maqsadlari ijrosini ta'minlashning parlament mezonlari" deb nomlash ham mumkin. Chunki, endilikda Barqaror rivojlanishning milliy maqsadlari va vazifalari hukumat tomonidan qay darajada bajarilayotganligiga parlament tomonidan baho beriladi, natijalar parlament mezonlari bilan o'lchanadi.
Bu borada parlament Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish uchun zarur bo'lgan qonunlarni qabul qiladi. Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qiladi Shuningdek, Davlat byudjetini qabul qiladi va ijrosini nazorat qiladi.
Albatta, 2030 yilga qadar hali ko'p ishlarni amalga oshirish lozim bo'ladi. Eng muhimi, bu yo'nalishda birinchi o'rinda biz qonun xujjatlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borishimiz zarur.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 14.05.2020
- Ko'rishlar: 4508
- Chop etish