Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

YeI va YeK dunyo bo‘ylab o‘lim jazosiga moratoriy e’lon qilishga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashi har qanday sharoitda o‘lim jazosi qo‘llanishiga qarshi ekani ta’kidlangan bayonot qabul qilindi. Hujjatda ushbu jazoni saqlab qolayotgan davlatlar qatlga zudlik bilan moratoriy joriy etishi kerakligi ta’kidlangan.

10-oktabr kuni nishonlangan Yevropa va Jahon o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni arafasida e’lon qilingan bayonotda 2025-yil 17 mamlakatda qatl amalga oshirilgani qayd etilgan. Bu raqam 2024-yilga nisbatan 78 foiz ko‘p.

Qatl amaliyoti ko‘proq Eronda qo‘llangan. Misr, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Singapur va Yamanda ham sezilarli o‘sish qayd etilgan. Oliy jazo hukmi Qo‘shma Shtatlarda ham ijro etilyapti.

Xitoy bo‘yicha ma’lumot maxfiylik tufayli jahon statistikasiga kiritilmagan. Garchi ushbu davlatda minglab qatl amalga oshirilgan, deya taxmin qilinsa-da…

S.Rahimov, O‘zA

Nashr sanasi 16.10.2026 Ko'rishlar 27
Ulashish