18 dekabr kuni Buxoro shahrida “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va yuridik ta'limni takomillashtirish muammolari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Ushbu onlayn tadbir Buxoro davlat universiteti tomonidan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ilmiy-amaliy anjumanda akademik, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majpis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi Shuhrat Bafoev so'zga chiqdi.
Ishtirokchilar milliy yuridik ta'lim va fanning samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash, ularga zamonaviy talablar, ilg'or xalqaro yuridik tajriba, mehnat bozori ehtiyojlari asosida ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlarni xududlar kesmida shakllantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Bu boradagi huquqiy munosabatlar jarayoniga to'sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar tahlilga tortildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Sud`yalar Oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi vakillari, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari, Buxoro viloyat prokuraturasi va Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi vakillari, viloyatdagi huquqshunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamda mutaxassislari faol qatnashdi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 21.12.2020
- Ko'rishlar: 3701
- Chop etish