2019 yil 7-8 oktyabr kunlari Toshkentda O'zbekiston Hukumati, Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) Inson huquqlari bo'yicha mustaqil doimiy komissiyasi (IHMDK) tomonidan O'zbekiston hukumati va BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Boshqarmasi (IHOKB) bilan hamkorlikda “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo'lida yoshlar huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusida xalqaro seminar tashkil etilmoqda.
Seminarda IHTning Inson huquqlari bo'yicha mustaqil doimiy komissiyasi a'zolari, xalqaro ekspertlar, IHTga a'zo va kuzatuvchi maqomidagi 50 dan ziyod davlat, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy muassasalar vakillari ishtirok etadi.
Xususan, Afg'oniston, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Burkina-Faso, Gabon, Gvineya, Gambiya, Jazoir, Jibuti, Iordaniya, Indoneziya, Komor orollari Ittifoqi, Mavritaniya, Malayziya, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Marokko, Misr, Mozambik, Nigeriya, Ozarbayjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Senegal, S`erra-Leone, Sudan, Somali, Togo, Tojikiston, Tunis, Turkiya, Turkmaniston, Uganda, Chad, Eron, Yaman, O'mon, Qirg'iziston, Qozog'iston, Quvayt kabi mamlakatlardan ishtirokchilar taklif etilgan.
Seminarda, shuningdek, BMT, YUNESKO, YUNISEF, Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Yevropa Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari hamda inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy muassasalar mutaxassislari ishtirok etadi.
Xalqaro anujan qatnashchilari IHTda ishtirok etuvchi davlatlarda yoshlar huquqlari, xalqaro miqyosida yoshlar masalalari bo'yicha olib borilayotgan ishlar, muammo va kamchiliklar borasida statistika va tahliliy ma'lumotlar bilan tanishtiriladi.
Ma'ruzalarda, jumladan, yoshlar huquqlari va islom, yoshlar huquqlariga taalluqli xalqaro vositalar va mexanizmlar, IHT davlatlarida yoshlarning ahvoli, demokratik jamiyat va barqaror rivojlanishni barpo etishda yoshlar huquqlarining integratsiyasi kabi masalalar yoritiladi.
Sevara Ishmuratova, jurnalist
- Qo'shildi: 04.10.2019
- Ko'rishlar: 5825
- Chop etish