Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 22 iyunda imzolangan Farmon bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasining maqsadi – O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash bo'yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo'nalishlarini belgilab olishdir.
"Pravda Vostoka" gazetasining 2020 yil 23 sentyabr sonida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan Milliy strategiya ijrosi doirasida o'tgan uch oy davomida amalga oshirilgan ishlar haqida suhbat matni e'lon qilingan. Intervyu "Исполнение Национальной стратегии по правам человека: первые результаты" deb nomlangan.
Ma'lumki, O'zbekiston Prezidentining Farmoni bilan, shuningdek Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiyani amalga oshirish bo'yicha «yo'l xaritasi» tasdiqlangan. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaziga Milliy strategiya va «Yo'l xaritasi»ning sifatli hamda o'z vaqtida amalga oshirilishi bo'yicha doimiy monitoring olib borish vazifasi yuklatilgan.
Suhbat matnida bu boradagi uch oylik monitoring natijalari bilan tanishish mumkin.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 24.09.2020
- Ko'rishlar: 3863
- Chop etish