Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi
AXBOROT XATI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyunda qabul qilingan “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni ijro etish maqsadida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan «Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzusidagi Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi yakunlari bo'yicha to'plam nashr etish rejalashtirildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) qarori bilan ushbu to'plam xorijiy nashrga tenglashtirilgan.
To'plamni quyidagi sho''balarda chop etish rejalashtirilgan:
Yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar;
Yoshlar huquqlari va Barqaror rivojlanish maqsadlari;
Yoshlar uchun inson huquqlari bo'yicha ta'lim;
Tinchlik va xavfsizlikni ilgari surishda yoshlarning roli.
Mazkur to'plamda ilmiy ishlari bilan ishtirok etish istagini bildiruvchilar quyida keltirilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan ilmiy maqola va tezislarni o'zbek, ingliz va rus tillaridan birida joriy yil 5 dekabrga qadar ncpch2@mail.ru elektron manzili orqali yuborishlari so'raladi.
MAQOLAGA QO'YILADIGAN ASOSIY TALABLAR:
Maqolada konferentsiya sektsiyalaridagi mavzulardan biri bo'yicha tizimli tahlil hamda aniq yangi nazariy va amaliy takliflar aks etishi;
Matn takrorlarsiz, mantiqiy izchil, bayon qilingan fikrlar aniq, qisqa va lo'nda bo'lishi;
Keltirilayotgan ma'lumotlar ishonchli va to'g'ri bo'lishi;
Matn o'zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida taqdim etilishi;
Matn komp`yuterda Microsoft Word dasturining Times New Roman shriftida 14 kattalikda 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog'ozning bir tomonida yozilishi, elektron nusxada taqdim etilishi hamda matnning chap qismi 3 sm, o'ng qismi 1,5 sm, tepa va pastki qismlari 2 sm bo'lishi;
Maqolada ilmiy bahs-munozara, iqtiboslarning mavjud bo'lishi (iqtiboslar tegishli betning pastki qismida keltirilishi);
Maqolaning hajmi 5 betdan - 10 betgacha bo'lishi;
Maqolaning birinchi sahifasida muallifning ism-familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi va lavozimi, telefon raqamlari va elektron pochta manzili yozilishi;
O'zbek, rus va ingliz tillarida maqola nomi, qisqacha annotatsiya hamda tayanch so'zlar bo'lishi shart.
IZOH: Maqolalar ncpch2@mail.ru elektron manzili orqali qabul qilinadi. Maqola to'plamning qaysi sektsiyasiga taalluqli ekanligini maqola sarlavhasida qo'shimcha ko'rsatib o'tish lozim. Maqola to'plam uchun qabul qilingandan so'ng shartnoma asosida chop etilishi mumkin.
- Qo'shildi: 01.12.2020
- Ko'rishlar: 3929
- Chop etish