Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi rezolyutsiyasi - xalqaro hamjamiyat e'tirofida

Avval xabar qilinganidek, joriy yil 12-13 avgust kunlari o'tkazilgan «Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari» mavzusidagi Inson huquqlari bo'yicha Samarqand onlayn forumi yakunlari bo'yicha qabul qilingan rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida taqdim etildi.

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Doimiy kengashining yaqinda bo'lib o'tgan majlisi yakunida «Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari» deb nomlangan Samarqand rezolyutsiyasi YEXHT Doimiy kengashining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

Shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibiyatining 2020 yil 31 avgustdagi OIC/CULT-05(31)/2020/002736-sonli rasmiy xati bilan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumining yakuniy hujjati IHTga a'zo barcha davlatlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, Samarqand  rezolyutsiyasi matni Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) tashkilotining rasmiy saytida e'lon qilingan.

Ayni paytda Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi rezolyutsiyasi BMTning Rasmiy hujjatlar tizimida A/74/998 raqami ostida joylashtirilgan.

BMTning 6 ta rasmiy tili - arab, ingliz, ispan, xitoy, rus va frantsuz tillariga tarjima qilingan ushbu matn bilan https://www.undocs.org/ru/A/74/998 havolasi orqali tanishish mumkin.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech