Inson huquqlari - oliy qadriyat

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda "Inson huquqlari - oliy qadriyat” mavzuida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 72 yilligiga bag'ishlandi.

Tadbirda yuridik fanlar doktori L.Saidova, yuridik fanlar doktori M.Tillaboev, yuridik fanlari doktori G.Yuldasheva, xalqaro huquq bo'yicha mutaxassis SH.Safarova va boshqalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Davra suhbati karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil etildi. Qizg'in va jonli muloqotlarda  50 nafardan ortiq ishtirokchilar onlayn tarzda faol qatnashdi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech