"Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo'limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi". Prezident Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bergan ushbu munosib ta'rifi 7 dekabr` kuni Urganch shahrida o'tkazilgan “Konstitutsiya va inson huquqlari” mavzuidagi davra suhbatida atroflicha tahlil va talqin qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag'ishlangan ushbu tadbir Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bilan hamkorlikda tashkil etildi. Davra suhbatida Markaz vakillari, ta'lim muassasasi o'qituvchi va o'quvchilari qatnashdi.
Uchrashuv davomida BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan muhim xalqaro-huquqiy hujjat - Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining normalari Konstitutsiyamizda to'liq o'z ifodasini topgani qayd etildi. Ayniqsa, O'zbekiston Konstitutsiyasi mazkur Deklaratsiyaning fuqarolar huquq va erkinliklari borasidagi asosiy printsiplari va qoidalarini o'zida aks ettirganligi ta'kidlandi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 09.12.2020
- Ko'rishlar: 4553
- Chop etish