11-mart kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda xalqaro huquqni qo‘llash sifatini oshirish” (EQUAL) loyihasi doirasida xalqaro ekspertlik muhokamasi o‘tkazildi. Tadbir “Yuksalish” harakati tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Xalqaro yuristlar komissiyasi hamkorligida onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.
Ekspertlik muhokamasi mamlakatimizda badiiy ijod erkinligi va boshqa madaniy huquqlarni himoya qilish mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda tegishli vazirlik va davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari namoyandalari hamda mustaqil ekspertlar ishtirok etdi.
Muhokamalar doirasida Milliy markaz vakillari ham so‘zga chiqdi.
Tadbir yakunida yurtimizda badiiy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi himoyasini yanada takomillashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 13.03.2024
- Ko'rishlar: 2923
- Chop etish