Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

KORRUPSIYA VA INSON HUQUQLARI: korrupsiyaning inson huquq va erkinliklarini amalga oşirişga salbiy ta’siri

Jahon hamjamiyati har-yili-9-dekabrda – Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kunini nişonlaydi, ertasiga,-ya’ni-10-dekabrda esa butun dunyoda Inson huquqlari kuni tantana qilinadi. Uşbu ketma-ketlikning mohiyatida öziga xos ramziylik mavjud. Gap şundaki, bu ikki xalqaro sana orasida bor-yöği bir keça bor. Korrupsiya va inson huquqlarining buzilişi örtasida esa, afsuski, heç qanday masofa yöq.

Sodda qilib aytganda, hokimiyatning halolligi tugagan joyda fuqaroning huquqsizligi darhol boşlanadi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Toki korrupsiyaga qarşi kuraşga aholining barça qatlamlari, eng yaxşi mutaxassislar jalb etilmas ekan, butun jamiyatimiz, ta’bir joiz bölsa, «halollik vaksinasi» bilan emlanmas ekan, biz közlagan marralarga erişa olmaymiz».

«Korrupsiya» – nima degani özi? Bu ğayriözbekona sözni eşitganda, odatda, köz oldimizga darrov içiga pul solingan konvertlar, offşorlar va şov-şuvli jinoiy işlar keladi. Biroq korrupsiyaga uning haqiqiy qurbonlari nigohi bilan qarab köraylik.

Bu – bolalar boğçasidan joy oliş uçun pul tölayotgan ona.

Bu – «minnatdorçilik» bildirmasdan bepul davolana olmayotgan keksa inson.

Bu – oliy öquv yurtidagi örnini pul tölagan boşqa bir kimsaga boy bergan bitiruvçi.

Bu – nohaqligi uçun emas, balki halol bölgani sababli sudda yutqazgan tadbirkor.

BMTning Inson huquqlari böyiça sobiq Oliy-komissari-( 2013-yil) Navi Pilley ta’biri bilan aytganda, «Korrupsiya hayotga zomin böladi. Har yili korrupsiya oqibatida talon-toroj qilinadigan mablağlar dunyodagi barça oçlikdan azob çekayotganlarni 80 marta töydirişga yetar edi».

Afsuski, mamlakatimiz ham korrupsiya balosidan hali-beri qutula olmayapti. Joriy yilda Oliy Majlis Senati minbaridan yangragan ma’lumotlarga köra, Özbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarning eng köp qismi maktabgaça va maktab ta’limi, soğliqni saqlaş sohalariga, mahalliy hokimliklar hamda tijorat banklari faoliyatiga töğri kelmoqda.

Bizda ham öşa-öşa: birinçi zarba bolalar va bemorlarga tuşmoqda. Aynan şuning uçun korrupsiya jamiyatimiz va davlatimiz uçun nafaqat jinoiy-huquqiy yoki iqtisodiy muammo, balki inson huquqlariga nisbatan eng asosiy tahdidlardan biri hisoblanadi.

  

Korrupsiya – inson huquqlari muammosi

 

Uzoq vaqt mobaynida xalqaro huquqda korrupsiya va inson huquqlari ikkita mustaqil, parallel kun tartibi sifatida rivojlanib keldi. Korrupsiya bilan moliyaçilar, prokurorlar va iqtisodçilar, inson huquqlari bilan esa huquq himoyaçilari va diplomatlar şuğullanar edi.

Bugungi kunda uşbu çegara barham topdi. Xalqaro hamjamiyat quyidagi haqiqatni tan olmoqda: talon-toroj qilingan har bir dollar (milliy makonda – har bir söm) ortida aniq bir insonning poymol bölgan huquqi yotibdi.

BMTning sobiq Boş kotibi Kofi Annan BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi naşriga bitgan sözboşida şunday ta’sirli jumla bor: «Korrupsiya – bu demokratiya va qonun ustuvorligiga raxna soluvçi, inson huquqlarining buzilişiga olib keluvçi, bozorlarni buzib, hayot sifatini pasaytiruvçi yovuz vabodir».

Haqiqatan ham, hozirgi kunda korrupsiya va inson huquqlari örtasidagi özaro boğliqlik xalqaro mexanizmlarning butun bir tizimi bilan mustahkamlab qöyilgan. Bu örinda, xususan:

  • BMTning korrupsiyaga qarşi eng yirik universal xalqaro şartnomasi bölgan va unga-Özbekiston-2008-yilda qöşilgan Korrupsiyaga qarşi-konvensiya-(2003-yil);

  • BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining korrupsiyaning inson huquqlarini amalga oşirişga salbiy ta’siri töğrisidagi rezolyutsiyalari hamda Kengaş Maslahat qömitasining mazkur mavzudagi-ma’ruzasi-(2015-yil);

  • BMT Boş Assambleyasining korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça maxsus sessiyasining Siyosiy-deklaratsiyasi-(2021-yil);

  • Barqaror rivojlaniş maqsadlarining 16.5-bandi haqida söz bormoqda. Uşbu xalqaro hujjatlar normalari korrupsiya va poraxörlikning barça körinişlarini sezilarli darajada qisqartirişni talab qiladi.

Inson huquqlari töğrisidagi xalqaro huquq nuqtayi nazaridan, korrupsiya davlatning uçta asosiy majburiyati, ya’ni:

birinçisi – huquqlarni hurmat qiliş (ularni davlatning özi buzmasligi);

ikkinçisi – huquqlarni himoya qiliş (uçinçi şaxslar tomonidan buzilişiga yöl qöymaslik);

uçinçisi – huquqlarni ta’minlaş va röyobga çiqariş (ularni amalga oşiriş uçun mavjud imkoniyat va resurslarni maksimal darajada yönaltiriş) bilan boğliq muhim majburiyatlarini poymol etadi.

 

Binobarin, korrupsiyalaşgan mansabdor şaxs bir vaqtning özida ana şu uçala majburiyatni ham buzadi. Şu jihatdan, amerikalik iqtisodçi Robert Klitgaardning maşhur formulasi korrupsiya tabiatini juda aniq izohlaydi:

K = M + D − H, ya’ni Korrupsiya = Monopoliya + Diskretsion vakolatlar (keng ixtiyoriylik) − Hisobdorlik.

Bu formula bir vaqtning özida huquqlar buzilişining ham formulasi: zero, mansabdor şaxs muayyan xizmat böyiça yakkahokimlikka, öz xohişiga köra keng qaror qabul qiliş vakolatiga ega bölgan va nazorat mavjud bölmagan joyda fuqaro himoyasiz qoladi.

Şu ma’noda, britaniyalik tarixçi Lord Aktonning (1887-yil)-«Hokimiyat buzişga moyildir, mutlaq hokimiyat esa mutlaq buzadi», degan keskin sözlari aççiq, ammo oçiq haqiqatdir.

 

Korrupsiyaning bahosi: raqamlar tilga kirganda

 

Muammoning kölamini raqamlar hammasidan köra yorqinroq ifodalaydi. BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş fikriça, korrupsiyaning global miqyosdagi bahosi kamida 2,6 trillion dollarni yoki jahon yalpi içki mahsulotining (YAIM) qariyb 5 foizini taşkil etadi.

Har yili korxonalar va fuqarolar tomonidan tölanadigan poralar miqdori 1 trillion dollardan oşadi. Bu raqamlarni tasavvur qiliş uçun uşbu miqdor dunyodagi aksariyat davlatlarning YAIM körsatkiçidan ham katta ekanini eslatişning özi kifoya.

Transparency International xalqaro-taşkiloti-2026-yil fevralida e’lon qilgan «2025 yilgi Korrupsiyani qabul qiliş indeksi» dunyo böylab taşvişli manzarani aks ettirmoqda:

  • jahon böyiça örtaça ball 100 balldan 42 ballgaça tuşdi; bu – oxirgi ön yildan ortiq vaqt içidagi eng past körsatkiç;

  • 182 ta mamlakat va hududning 122 tasi (ya’ni uçdan ikki qismidan köproği) 50 balldan kam töplagan, bu esa korrupsiyaning tizimli muammo ekanidan dalolat beradi;

  • 80 balldan yuqori baholangan davlatlar soni ön yil oldingi 12 tadan 5 tagaça qisqardi; yetakçi örinlarda Daniya (89), Finlyandiya (88) va Singapur (84) bormoqda;

  • oxirgi örinlarni Janubiy Sudan va Somali (9 balldan) hamda Venesuela (10 ball) egallab turibdi – bular fuqarolik jamiyati böğilgan va beqarorlik yuqori bölgan davlatlardir;

  • 2012-yildan-buyon-atigi 31 ta davlat öz körsatkiçlarini sezilarli darajada yaxşilagan bölsa, 50 ta davlat ularni jiddiy ravişda yomonlaştirgan.

 

Bir sşz bilan aytganda, bugungi kunda butun insoniyatning uçdan ikki qismi korrupsiya tizimli muammoga aylangan mamlakatlarda istiqomat qilmoqda.

 

Korrupsiya qaysi huquqlarni tortib oladi?

 

Korrupsiya «beozor» bölmaydi. Har bir korrupsiyaviy harakat ortida muayyan jabrlanuvçi va muayyan poymol etilgan huquq turadi.

Biroq uning halokatli ta’siri pul beriş yoki boşqa bir noqonuniy xatti-harakat sodir etilişidan ança oldin – korrupsion ong şakllanişidan boşlanadi. Bunda pora masalani hal etişning odatiy yöli, xizmat mavqeidan foydalaniş – yöl qöysa böladigan imtiyoz, belgilangan qoidalarni çetlab ötiş esa – hayotiy uddaburonlik deb qabul qilinadi.

Korrupsion ong huquqning buzilişi adolatsizlik sifatida qabul qilinmay qöygan, korrupsiyaviy amaliyot esa odatiy va hatto oqlanadigan holatga aylangan joyda şakllanadi. Şu tariqa «Boşqaça qilib bölmaydi», «odat şunday», «hamma şunday qilyapti-ku», «oldin berasan, keyin olasan» qabilidagi qaraşlar korrupsiyani istisnodan ijtimoiy me’yorga aylantirib boradi. Oqibatda fuqaro davlat xizmatini öz huquqi sifatida emas, balki norasmiy savdo predmeti sifatida köra boşlaydi.

Aynan şuning uçun ham korrupsiya nafaqat alohida institutlarni, balki huquqiy madaniyatning özini ham yemiradi. Korrupsion ong çuqur ildiz otgan joyda qonunga bölgan işonç yöqoladi, halol xulq-atvorning qadr-qimmati tuşadi hamda inson huquqlarining amaldagi kölami qonun bilan emas, balki pul, taniş-biliş yoki mansabdorga yetib boriş imkoniyati bilan belgilanadi, degan notöğri tuşunça paydo böladi.

  1. Yaşaş va soğliqni saqlaş huquqi. Xalqaro ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, soğliqni saqlaş tizimidagi korrupsiya tibbiyotga ajratilayotgan jahon xarajatlarining qariyb 6 foizini öz domiga tortadi, bu esa har yili yuzlab milliard dollarni taşkil etadi. Tadqiqotçilarning baholaşiça, korrupsiya har yili qariyb 140 ming bolaning hayotdan köz yumişiga sabab böladi. Oşirilgan narxlarda sotib olingan qalbaki dori-darmonlar, işlamaydigan uskunalar, jarrohlik amaliyoti uçun «pullik navbat» – bularning barçasi soğliqni saqlaş huquqini kafolatdan – imtiyozga aylantirib qöyadi.

  2. Ta’lim oliş huquqi. Sotib olingan baho, sotib olingan diplom, maktabdagi «ixtiyoriy» pul yiğimlari nafaqat qonun buzilişini, balki ta’lim olişdagi teng imkoniyat tamoyilining buzilişini ham anglatadi. Kam ta’minlangan oilaning iqtidorli farzandi öz örnini yöqotadi, jamiyat esa kelajakda malakasiz şifokor, öqituvçi yoki muhandisga ega böladi. Boğçadagi pora – bu şunçaki yuz dollar (yoki atigi bir million söm) emas. Bu – bolaning «adolatni sotib olsa böladi» deb olgan ilk saboğidir.

  3. Odil sudlov huquqi. Agar sud qarorini sotib oliş mumkin bölsa, qonun zaiflarni himoya qilişdan töxtaydi va kuçlilarga xizmat qila boşlaydi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi korrupsiya noqonuniy uşlab turişlar, pul undiriş maqsadidagi qiynoqlar va soxta jinoiy işlarning töqib çiqarilişiga olib keladi. Unutmaylikki, sud mustaqilligi – şunçaki quruq va havoyi tuşunça emas, balki özboşimçalik yölidagi sönggi tösiqdir.

  4. Tenglik va kamsitilmaslik (diskriminatsiyaga yöl qöymaslik) tamoyili. Korrupsiya şunday bir «parallel huquqlar tizimi»ni yaratadiki, unda puli va tanişi bor odamning huquqlari boşqalarnikiga qaraganda ança köp böladi. E’tibor bering: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 7-moddasi “barçaning qonun oldida tengligi”ni e’lon qiladi, korrupsiya esa bu tenglikni sarobga aylantiradi.

  5. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar. Uy-joy qurilişi, yer ajratiş, ijtimoiy yordam va davlat xaridlaridagi talon-torojlik davlat uy-joy, mehnat, ijtimoiy ta’minot, munosib turmuş darajasi kabi huquqlarni ta’minlaşga yönaltirişi şart bölgan mablağlarni töğridan töğri qisqartiradi. «Transparency International» taşkiloti tomonidan ta’kidlanganidek, odamlar korrupsiya badalini moliyalaştirilmagan şifoxonalar, qurilmay qolgan muhofaza inşootlari va yoşlarning çilparçin bölgan orzulari bilan tölaydilar.

  6. Qulay atrof-muhitga bölgan huquq. Daraxtlarni kesiş, çiqindilarni taşlaş, noqonuniy qurilişlar uçun berilgan pora kelajak avlodlar boşiga tuşadigan ulkan ekologik zararga aylanadi.

  7. Siyosiy huquqlar. Korrupsiya davlat institutlariga bölgan işonçni yemiradi, fuqarolarning xohiş-irodasini buzib körsatadi va insonlarni davlat işlarini boşqarişda haqiqiy iştirok etiş imkoniyatidan mahrum qiladi.

 

 Korrupsiyaning ziyon-u zarari: ijtimoiy mezonlar

 

Korrupsiya qaşşoqlikka solingan regressiv soliq singari işlaydi. Öziga töq inson pul tölaydi va xizmatdan foydalanadi. Kambağal, keksa inson, nogironligi bölgan şaxs, qişloq ayoli, mehnat muhojiri, ehtiyojmand oila farzandi esa pulni tölay olmaydi. Ulardan öşa xizmat uçun pora talab qilinişi – ularning öz huquqidan mahrum etilişi, deganidir.

  • Ayollar ijtimoiy, tibbiy va ta’lim böyiça xizmatlardan foydalanişda tovlamaçilikka tez-tez duç keladi. Xalqaro amaliyotda pul örniga jinsiy aloqa xizmatlari talab qilinadigan alohida körinişdagi ta’magirlik – «sekstorşn» (jinsiy ta’magirlik) ajratib körsatiladi. Bu – bir vaqtning özida ham korrupsiya, ham gender zöravonlikdir.

  • Bolalar ta’lim, soğliqni saqlaş, vasiylik va farzandlikka oliş tizimidagi korrupsiyadan jabr köradilar.

  • Nogironligi bölgan şaxslar manfaatlariga korrupsiya daxl qilişi tibbiy-mehnat komissiyalarining qarorlari, nafaqalar va maxsus xizmatlarga boğliq bölib, bu yerda ta’magirlik xavfi ayniqsa yuqoridir.

  • Mehnat muhojirlari hujjatlarni rasmiylaştiriş va işga joylaşiş çoğida noqonuniy yiğimlar oldida nihoyatda zaif bölib qoladilar.

  • Mahbuslar va qamoqda saqlanayotgan şaxslar ta’magirlikka qarşilik körsatiş imkoniyatidan deyarli butunlay mahrumdir.

Bundan muhim bir xulosa kelib çiqadi: aholining ehtiyojmand va zaif qatlamlari ahvolini inobatga olmaydigan korrupsiyaga qarşi siyosat tölaqonli böla olmaydi.

 

Oşkoralik – korrupsiyaga qarşi eng yaxşi vaksina

 

Erkinliklar va korrupsiya darajasi örtasidagi uzviy boğliqlik dalillar bilan tasdiqlangan. «Transparency International» taşkiloti xulosalariga-köra,-2012-yildan-buyon indeksdagi körsatkiçlari sezilarli darajada yomonlaşgan davlatlarning qariyb uçdan ikki qismida fikrni erkin bildiriş, birlaşiş va tinç yiğilişlar erkinligini çeklaş tendensiyasi kuzatilgan.

Jurnalistlar, jamoat taşkilotlari va xabar beruvçilar (informatorlar) uçun oçiq gapiriş qiyinlaşgan joyda korrupsiyalaşgan mansabdorlar özlarini jazosiz his qiladi.

Inson huquqlari va korrupsiyaga qarşi siyosat bir-birini özaro mustahkamlaydi. Ya’ni:

  • söz erkinligi suiiste’molçiliklarni foş etişga xizmat qiladi;

  • axborot oliş huquqi byudjet va xaridlarning şaffofligini ta’minlaydi;

  • birlaşiş erkinligi fuqarolik jamiyatiga jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş imkonini beradi;

  • mustaqil sud javobgarlikning muqarrarligini kafolatlaydi.

Şu sababli jurnalistlar, blogerlar va korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş davlatning şunçaki yon berişi emas, balki uning korrupsiyaga qarşi siyosatining samarali vositasidir.

Ayni çoğda, «Qonunlar ruhi haqida» asari muallifi Şarl Lui Monteskyo (1748-yil)-qayd-etganidek, «Doimiy tajriba bizga şuni körsatadiki, hokimiyatga ega bölgan har bir inson uni suiiste’mol qilişga moyildir va u öziga belgilangan çegaraga yetmagunça şu yönalişda davom etaveradi».

 

Özbekiston: bosib ötilgan yöl va mavjud muammolarga xolis nigoh

 

Sönggi ön yilda Yangi Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşişning yangi modeli şakllandi. Bu milliy modelning öziga xos asoslariga muxtasar töxtalamiz.

Birinçisi – qonunçilik asosi. Bugungi kunda korrupsiyaga qarşi siyosatning huquqiy poydevorini quyidagilar taşkil etmoqda:

  • Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023 yilgi tahriri) – inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida belgilab, qonun ustuvorligi hamda davlat hokimiyatining oçiqligi tamoyillarini mustahkamlab berdi;

  • «BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasini ratifikatsiya qiliş töğrisida»gi-qonun-(2008-yil) – xalqaro standartlar milliy huquqiy tizimning uzviy qismiga aylandi;

  • «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi-qonun-(2017-yil) – korrupsiya tuşunçasini, korrupsiyaga qarşi faoliyatning tamoyillari, asosiy yönalişlari va subyektlarini belgilab bergan tayanç hujjat;

  • «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi-(2014-yil) va «Jamoatçilik nazorati töğrisida»gi-(2018-yil) qonunlar – hokimiyatning şaffofligini va fuqarolarning iştirokini ta’minlamoqda;

  • «Ma’muriy tartib-taomillar töğrisida»gi-qonun-(2018-yil) – fuqarolarning davlat organlari bilan özaro munosabatlarining aniq qoidalarini belgiladi;

  • «Davlat xaridlari töğrisida»gi (2021 yilgi yangi tahriri) hamda «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi-(2022-yil) qonunlar;

  • «Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi-qonun-(2024-yil) – davlat taşkilotlari xodimlari tomonidan ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvini deklaratsiya qiliş va uni yaşirganlik uçun javobgarlikni joriy etdi;

  • Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks – korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni belgilaydi;

  • Prezident farmon va qarorlari, jumladan, korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini reyting baholaş-töğrisidagi-2022-yil-12-yanvardagi PQ-81-son qaror hamda korrupsiyaga qarşi-siyosatning-2030-yilgaça bölgan rivojini belgilagan, oqibatlar bilan kuraşişdan profilaktikaga ötişni nazarda-tutuvçi-2025-yil-30-dekabrdagi PF-270-son Farmon.

Navbatdagi muhim qadam davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisidagi qonunni qabul qiliş bölib qolmoqda. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining ma’lumotiga köra, mazkur qonun-loyihasi-2026-yilda jamoatçilik muhokamasiga tayyorlanmoqda.

Ikkinçisi – institutsional asos:

  • Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş-agentligi-(2020-yilda taşkil etilgan) – Prezident va Oliy Majlis palatalariga hisobdor bölgan, davlatning korrupsiyaga qarşi siyosatini şakllantiruvçi va muvofiqlaştiruvçi maxsus vakolatli davlat organi;

  • Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi – Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasini qayta taşkil etiş orqali tuzilgan. Kengaşga Oliy Majlis Senati Raisi boşçilik qiladi, hududlarda hududiy kengaşlar faoliyat yuritadi, Agentlik esa uning işçi organi hisoblanadi;

  • Oliy Majlisning har ikkala palatasida taşkil etilgan, mazkur sohada parlament nazoratini amalga oşiruvçi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitalari;

  • Korrupsiyaga oid jinoyatlarni foş etiş va jazoning muqarrarligini ta’minlovçi prokuratura, içki işlar, davlat xavfsizligi organlari va sudlar;

  • vazirliklar, idoralar, hokimliklar va töğridan töğri Prezident Administratsiyasiga böysunuvçi davlat korxonalaridagi içki korrupsiyaga qarşi nazorat (komplayens-nazorat) bölinmalari;

  • Prezidentimizning PF-270-son Farmon bilan taşkil etilayotgan, davlat organlari, ilmiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlarini birlaştiruvçi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça yagona tizim (Klaster).

Uçinçisi – ta’limga taalluqli asos. Prezident Şavkat-Mirziyoyev,-2023-yil-19-dekabrda bölib ötgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlaş marosimidagi nutqida e’tirof etganidek, «Bizning ustuvor vazifamiz – yoşligidan boşlab „halollik vaksinasi“ bilan emlangan yoş avlodni tarbiyalab voyaga yetkazişdir».

Aslida ham, korrupsiyani faqat jazolaş yöli bilan yengib bölmaydi: uni odamlarning ongida oldindan bartaraf etiş zarur. Şu bois Yangi Özbekistonda korrupsiyaga qarşi uzluksiz ta’lim tizimi şakllantirilmoqda. Bu örinda, xususan:

 

  • davlat xizmatçilari, talabalar, öquvçilar va keng aholi qatlamlarini öqitişga möljallangan «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi» elektron platformasi;

  • UNODCning bolalar va yoşlar uçun multfilmlar, video va audio materiallar yaratişni nazarda tutuvçi GRACE dasturini (Korrupsiyaga qarşi ta’lim beriş va yoşlarning faolligini oşiriş böyiça global resurs) joriy etiş;

  • oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarşi maxsus kurslar va ixtisoslaşgan kafedralarni, jumladan «komplayens-nazorat» yönalişini taşkil etiş, şuningdek, davlat xizmatçilarini korrupsiyaga qarşi qonunçilik va odob-axloq asoslariga majburiy öqitiş;

  • ta’lim sohasidagi ma’rifiy taşabbuslar, jumladan YUNESKO, UNODC, Boş prokuratura, Senat va Özbekiston Yoşlar ittifoqi iştirokida ötkazilgan «Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha» konferensiyasi misolidagi yaxlit va uzviy ta’lim tizimi haqida söz bormoqda.

Inson huquqlari nuqtayi nazaridan qaraganda, korrupsiyaga qarşi ta’lim huquqiy ta’lim va inson huquqlari sohasidagi ta’limdan ajralmasdir. Çunki öz huquqlarini bilgan fuqaro davlat unga bepul taqdim etişi şart bölgan xizmat uçun behudaga pul tölamaydi.

Törtinçisi – monitoringga oid asos. Gap şundaki, «Ölçab va mezonga solib bölmaydigan narsani boşqarib bölmaydi» tamoyili milliy monitoring tizimida öz ifodasini topdi. Jumladan:

  • Prezidentning-2022-yil-12-yanvardagi PQ-81-son qarori bilan joriy etilgan, davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini 100 ballik şkala böyiça reyting baholaş. Baholaş Agentlikning elektron platformasi orqali amalga oşiriladi;

  • 2024-yil-yakunlariga köra, hokimliklar bilan birga jami 103 ta taşkilot baholandi: 41 tasi «yaxşi», 53 tasi «qoniqarli», 9 tasi «qoniqarsiz» baho oldi. Örtaça ball 73,8 ballni taşkil etib, 2023-yilga nisbatan 4,9 ballga, 2022-yilga nisbatan esa 14,3 ballga oşdi. Qoniqarsiz baho olgan taşkilotlar uçun maxsus dasturlar işlab çiqilmoqda, ularning rahbarlari esa Milliy kengaş yiğilişlarida hisobot bermoqda;

  • Agentlikning maxsus metodologiyasi asosida davlat organlari faoliyatining oçiqligi monitoringi;

  • korrupsion xavf-xatarlarni baholaş va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi – bu korrupsiyani keltirib çiqaruvçi me’yorlarni hali hujjat qabul qilinmasdan oldin bartaraf etiş imkonini beradi;

  • korrupsiyaga oid jinoyatlar statistikasini tahlil qiliş va natijalarni parlamentda muntazam eşitib boriş.

 

Inson huquqlariga asoslangan yondaşuv mazkur körsatkiçlarni yana bir muhim jihat bilan töldirişni taqozo etadi. Bu örinda monitoring asnosida nafaqat aniqlangan qonunbuzilişlar soni va qoplangan zararni, balki fuqarolarning poymol etilgan huquqlari qay darajada tiklanganini ham baholaş zarurligi xususida söz bormoqda.

Beşinçisi – Fuqarolik jamiyati: jamoatçilik nazorati. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida uqtirilganidek, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş – butun jamiyatning işidir».

Rostdan ham, barça muvaffaqiyatli mamlakatlar tajribasi şuni körsatadiki, davlat korrupsiyani yolğiz özi yenga olmaydi. Bu boradagi asosiy ittifoqçilar – faol fuqarolardir.

Özbekistonda buning uçun quyidagi mexanizmlar yaratilgan:

  • fuqarolar, NNT, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va OAVning davlat organlari faoliyati ustidan nazorat olib boriş huquqini mustahkamlagan «Jamoatçilik nazorati töğrisida»gi qonun;

  • davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş klasteri işidagi iştiroki;

  • fuqarolik nazorati vositasi sifatida oçiq ma’lumotlar: 2021-yilda Özbekiston Xalqaro oçiq ma’lumotlar xartiyasiga qöşildi, davlat xaridlari esa töliq raqamli şaklga ötkazildi;

  • korrupsiya va suiiste’molçiliklar faktlari haqida xabar beriş imkonini beruvçi fuqarolar murojaatlarining elektron kanallari;

  • ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlar – Prezident ularning rolini alohida qayd etib, OAVni korrupsiyaga qarşi kuraşning old saflarida turgan katta kuç deb atadi.

Şu bilan birga, aynan şu sohada ulkan ösiş zaxirasi mavjud. Korrupsiya haqida xabar bergan şaxslarni (informatorlarni) himoya qiliş töğrisidagi qonunning qabul qilinişi hamda suriştiruvçi-jurnalistlar uçun xavfsizlik kafolatlarining ta’minlanişi Özbekistonda halollik qonun himoyasida ekanini körsatuvçi kuçli signal böladi.

Oltinçisi – xalqaro asos. Özbekistonning bu boradagi yutuqlari haqida söz borganda , jumladan:

  • 2008-yildan-buyon BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasida va uni amalga oşirişni körib çiqiş mexanizmida iştirok etiş;

  • Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Istanbul harakatlar rejasida, Korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi huquqni muhofaza qiliş organlarining global tezkor tarmoğida, Jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş böyiça Yevroosiyo guruhida hamda Egmont guruhida iştirok etiş; 

  • Ğarbiy va Markaziy Osiyo davlatlarida aktivlarni qaytariş böyiça tarmoq Kotibiyati funksiyalarini bajariş;

  • Toşkent – xalqaro korrupsiyaga qarşi maydon sifatida: har yili ötkaziladigan Xalqaro korrupsiyaga qarşi forum, 2023-yilda BMT Korrupsiyaga qarşi konvensiyasining Mintaqaviy platformasi işga tuşirilişi hamda-2023-yil dekabrida UNODC bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça yuksak xalqaro mukofotni topşiriş marosimining ötkazilişi;

  • korrupsiyaga qarşi dasturlarni amalga oşirişda BMT, Jahon banki, IHTT, YEXHT va boşqa xalqaro şeriklar bilan samarali hamkorlik haqida töxtaliş lozim;

  • yuksak maqsad: davlat rahbari 2030-yilga qadar «Transparency International» Korrupsiyani qabul qiliş indeksida mamlakatimiz örnini yana 50 poğonaga kötariş vazifasini qöydi.

Özbekistonning BMT Inson huquqlari böyiça kengaşiga a’zoligi (2021–2023-yillar) tajribasi şuni tasdiqlaydiki, islohotlarning xalqaro e’tirofi – mamlakat korrupsiyaga qarşi kuraş bilan inson huquqlarini himoya qilişni qançalik izçil boğlay olişiga bevosita boğliqdir.

Natijalar va ösiş zaxirasi haqida alohida töxtalmaslik mumkin emas. Xususan, Özbekistonning «Transparency International» Korrupsiyani qabul qiliş indeksidagi dinamikasi quyidagiça:

Yil

Ball (100 dan)

Reytingdagi örni

2016

21

156

2019

25

153

2020

26

146

2021

28

140

2022

31

126

2023

33

121

2024

32

121

2025

31

182 ta davlat orasida 124-örin

Natija öz-özidan körinib turibdi: ön yil içida Özbekiston 30 dan ortiq poğonaga kötarildi va özining oldingi yutuğiga 10 ball qöşdi. Şu bilan birga, ketma-ket ikkinçi yil ayni körsatkiçning biroz pasayişi qayd etilmoqda.

Taqqoslaş uçun: Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining 2025-yildagi örtaça körsatkiçi 34 ballni taşkil etdi. Mazkur mintaqada eng yaxşi natijalar Gruziya (50) va Armanistonda (46) kuzatilgan bölsa, röyxatning quyi poğonalarida Rossiya (22), Tojikiston (19) va Turkmaniston (17) qayd etilgan.

«Transparency International» öz bahosida Özbekistondagi rasmiy islohotlar muayyan darajada ilgarilaganini, biroq korrupsiyani foş etayotgan jurnalistlar va blogerlar hamon bosimlarga duç kelayotganini, bu esa korrupsiyaga qarşi sa’y-harakatlarning ta’sirini çeklab qöyayotganini ta’kidladi.

Biz uşbu bahoni ta’na yo e’tiroz sifatida emas, balki ösiş zaxiramiz aynan qayerda ekanini körsatuvçi aniq körsatma deb qabul qilişimiz lozim.

Içki statistika: 2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun 7 ming 517 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2024-yilga nisbatan 2,2 foiz köpdir. Davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar esa 2,9 trillion sömdan oşdi.

 

 Korrupsiyaga qarşi kuraşda inson huquqlariga asoslangan yondaşuv: amaliy takliflar

 

Mavjud voqelik şaroitida, qisqa qilib aytganda, korrupsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş nuqtayi nazaridan yanada takomillaştiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Şu munosabat bilan quyidagi yönalişlarga e’tibor qaratişni zarur, deb hisoblaymiz.

  • Birinçidan: zararni nafaqat byudjet böyiça, balki inson huquqlari nuqtayi nazaridan ham baholaş. Şov-şuvli işlarda nafaqat «Qança talon-toroj qilindi?» degan savolga, balki «Kimlarning huquqlari buzildi va ularni qanday tiklaş mumkin?» degan savolga ham javob topiş muhim. Qaytarilgan aktivlarni avvalo ta’lim va soğliqni saqlaş tizimida poymol etilgan huquqlarni tiklaşga yönaltiriş maqsadga muvofiqdir.

  • Ikkinçidan: korrupsiyaga qarşi çora-tadbirlarning inson huquqlari böyiça ekspertizasini ötkaziş. Bu korrupsiyaga qarşi kuraşning özi aybsizlik prezumpsiyasi, himoyalaniş huquqi va şaxsiy hayot daxlsizligining buzilişiga olib kelmasligini ta’minlaydi.

  • Uçinçidan: korrupsiya faktlari haqida xabar beruvçi informatorlar, jurnalistlar va blogerlarni davlatning şaffoflikni ta’minlaşdagi işonçli hamkorlari sifatida himoya qilişni kuçaytiriş.

  •  Törtinçidan: davlat xizmatlarini raqamlaştiriş hisobiga fuqaro bilan mansabdor şaxs örtasidagi «aloqa maydoni»ni (bevosita muloqotni) qisqartiriş. Bu ayniqsa maktabgaça ta’lim, maktablar, tibbiyot va yer ajratiş sohalarida zarur. Negaki, şaxsiy aloqa va boğliqlik bölmagan joyda poraga ham örin qolmaydi.

  • Beşinçidan: byudjetlar, davlat xaridlari, kompaniyalarning yakuniy benefitsiarlari hamda mansabdor şaxslarning daromadlari töğrisidagi deklaratsiyalar böyiça ma’lumotlarning oçiqligini kafolatlaş.

  • Oltinçidan: korrupsiyaga qarşi kuraş bölimini Özbekistonning BMTning şartnomaviy organlariga milliy ma’ruzalariga, Universal davriy şarh doirasidagi hisobotlarga hamda Inson huquqlari böyiça milliy strategiya monitoringiga kiritiş.

  • Yettinçidan: huquqiy ta’lim va ma’rifatni yanada rivojlantiriş. Öz huquqlarini puxta bilgan fuqaro unga bepul berilişi lozim bölgan xizmat uçun pul tölaşdan tiyiladi. Bu jarayonda bolalar va yoşlarga, xotin-qizlarga hamda çekka hududlar aholisiga alohida e’tibor qaratiş zarur.

  • Sakkizinçidan: korrupsion xavflarni baholaşda aholining zaif va ehtiyojmand qatlamlari ahvolini inobatga oliş hamda ular uçun murojaat va şikoyat yuborişning qulay va xavfsiz kanallarini yaratiş.

Maşhur şarq hikmatida zinapoya yuqoridan pastga qarab supuriladi, deyiladi. Biroq yana bir muhim haqiqat bor: zinapoyaning tozaligini undan kötarilayotgan har bir kişi körib-kuzatib turişi ham şart. Jamoatçilik nazorati degani aslida mana şudir.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiya huquq tovarga aylangan joydan boşlanadi. Qaçonki bolalar boğçasidagi örin, şifokorning taşxisi, imtihondagi baho yoki sud qarori öz narxiga ega bölar ekan, inson eng muhim narsasini – davlat pul tölay oladiganlarga emas, balki aynan unga xizmat qilişiga bölgan işonçini yöqotadi.

Şu sababli korrupsiyaga qarşi kuraşiş – inson huquqlarini himoya qiliş, demakdir. Inson huquqlarini himoya qiliş esa korrupsiya uçun birorta ham qoronği burçak qoldirmaslik deganini anglatadi.

Yangi Özbekistonda boşlangan tizimli islohotlar buning uçun mustahkam poydevor yaratdi. Bizning umumiy vazifamiz – uşbu islohotlar samarasini har bir fuqaro reyting jadvallarida emas, balki öz hayotida: poliklinikada, maktabda, sudda va hokimlikda amalda his etişiga erişişdan iboratdir.

 

Akmal SAIDOV,

akademik

 «Adolat» gazetasining-2026-yil 6-noyabr kungi 44 (1612)-soni

 

Nashr sanasi 06.11.2026 Ko'rishlar 59
Ulashish