Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti, Global hamkorlik instituti (AQSh) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari ko‘magida o‘tkazilmoqda.
“Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va AQShdan taniqli din ulamolari, huquqshunoslar, rasmiylar tashrif buyurgan. Xalqaro anjumanda O‘zbekistonda mavjud turli konfessiya vakillari, olimlar, ulamolar, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida poytaxtimizda “Madaniyatlararo diniy savodxonlik va global xavfsizlik”, “Din va qonun ustuvorligi”, “Konfessiyalararo munosabatlarni rivojlantirish” mavzularida seminarlar tashkil etilib, o‘nlab ma’ruzalar tinglandi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tayanch doktorantlari ham ushbu seminarlarda faol ishtirok etdilar.
Seminar ishtirokchilariga AQSh Global hamkorlik institutining sertifikatlari topshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 18.05.2022
- Ko'rishlar: 2737
- Chop etish