Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Beshinchi Samarqand forumi minbaridan

YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Maria Telalian o‘z murojaatida inson huquqlarini samarali himoya qilish hamda xalqaro majburiyatlarni amaliyotga tatbiq etishda kuchli va mustaqil milliy inson huquqlari institutlarining (o‘rni muhimligini ta’kidladi.

Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 60-yilligi munosabati bilan Maria Telalian mazkur hujjatlarning qabul qilinishi davlatlar xalqaro hamkorlik orqali umumiy standartlarni ishlab chiqish va ularga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olishda nimaga erishishi mumkinligining yorqin namunasi bo‘lganini qayd etdi.

Nutqda jamiyatning davlat va inson huquqlari institutlariga bo‘lgan ishonchiga alohida e’tibor qaratildi. Uning ta’kidlashicha, ishonch faqat quruq deklaratsiyalarga tayana olmaydi; u fuqarolar tayanadigan institutlar faoliyati, hisobdorlikni ta’minlash, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqot hamda inson huquqlari standartlarining kundalik hayotga izchil tatbiq etilishi orqali shakllanishi lozim.

Ya’ni, «Ishonchni faqat deklaratsiyalar bilan saqlab bo‘lmaydi. U odamlar tayana oladigan institutlar, huquq buzilgan hollardagi hisobdorlik, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqot hamda eng avvalo, inson huquqlari standartlarining odamlarning kundalik hayotida izchil qo‘llanishi orqali shakllanadi».

Maria Telalian, shuningdek, mustaqil milliy inson huquqlari institutlari inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan ularning milliy darajadagi ijrosi o‘rtasida, shuningdek, fuqarolar bilan davlat institutlari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘tay olishini ta’kidladi.

Milliy inson huquqlari institutlarining asosiy vazifalari sifatida inson huquqlariga rioya etilishining mustaqil monitoringini olib borish, davlat organlariga tavsiyalar tayyorlash, qonunchilik va davlat siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish hamda qonunbuzarliklarning oldini olish kabi jihatlar qayd etildi.

Shu bilan birga, bunday faoliyatning samaradorligi milliy inson huquqlari institutlarining mustaqilligi, ularning yetarli resurslarga egaligi va davlat organlarining xatti-harakatlari ustidan xolis nazorat olib borish imkoniyati bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlandi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 13.10.2026 Ko'rishlar 70
Ulashish