Konstitutsiyaviy komissiyaga 35 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi

Bugun 17-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov olib bordi.

Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari Yigʻma axborot-tahlil guruhi tomonidan koʻrib chiqilgan, saralangan hamda Qonunchilik palatasiga tavsiya etilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni aks ettirgan normalarni moddama-modda muhokama qildi.

Taʼkidlash joizki, 17-iyun holatiga koʻra Takliflar bilan ishlash guruhiga jami 35 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.

Yigʻilishda

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari,

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi,

“Kamalak” bolalar tashkiloti faollari,

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti,

Fanlar Akademiyasi tarkibidagi tadqiqot institutlari,

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura Akademiyasi,

Sudyalar oliy maktabi singari institutlar Konstitutsiyaviy komissiyaga jamoaviy takliflar yuborishda yetakchi oʻrinlarda turgani maʼlum qilindi.

Takliflarning asosiy mazmuni:

  • Oʻzbekistonni tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish prinsip va normalariga asoslanishini tashqi siyosat prinsiplariga qoʻshish;
  • hech kim oʻzining fuqaroviy huquqiy shartnomaviy majburiyatlarini bajara olmasligi sababli ozodlikdan mahrum etilmasligi;
  • hech bir inson qiynoqlarga yoki shafqatsiz gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoki jazoga tortilmasligi;
  • har bir shaxs oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligini konstitutsiyaviy mustahkamlashga doir masalalardan iborat.

Konstitutsiyaviy komissiya yigʻilishi davomida Konstitutsiyaviy islohotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha ishlab chiqilgan Media-rejaning ijrosi yuzasidan axborot berildi.

Fuqarolarimizga konstitutsiyaviy islohotlarga oid oʻzgartish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyati haqida tezkor, xolis va toʻlaqonli axborot yetkazish maqsadida radio, gazeta va jurnallar hamda internet nashrlari bilan samarali hamkorlik qilib kelinayotgani, bu oʻz navbatida, oddiy fuqaroga konstitutsiyaviy islohotlarning sodda va tushunarli tilda yetkazish ijobiy natija koʻrsatayotgani aytildi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech