Maktabda Konstitutsiyaga bag'ishlangan tadbir

7 dekabr kuni Urganch shahri 6-son umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari ishtirokida “Konstitutsiya va inson huquqlari” mavzuida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbir Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir davomida Konstitutsiyamizda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari xalqaro standartlarga to'liq mos ravishda kafolatlanganligi qayd etildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng inson, uning huquq va erkinliklariga bo'lgan qarash tubdan o'zgardi. Inson eng oliy qadriyat deb belgilandi.

Eng muhimi, dunyo hamjamiyati tomonidan e'tirof etilgan inson huquqlariga oid qoidalar milliy qonunlarimizga izchil uyg'unlashtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi o'z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni to'liq va izchil bajarib, Konstitutsiyamiz qoidalarini hayotga chuqur tatbiq etib kelmoqda. Buni yosh avlod huquqlarini ta'minlash vazifasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech