O'zbekiston Respublikasida jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining vazifasi jazo ijrosini ta'minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Qonunchilikning mazkur talablari ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 fevral kuni Inson huquqlari bo'yicha Uzbekiston Respublikasi Milliy markazi bo'lim boshliqlari O.Q.Norboev, A.R.Mo'minov hamda yetakchi mutaxassislar D.A.Muzrobov va O`.Ochilovlardan iborat monitoring guruhi Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan 24-son tarbiya koloniyasiga tashrif buyurishdi.
Muassasada sud hukmi bilan tayinlangan jazo muddatini o'tayotgan voyaga yetmaganlar bilan uchrashib, suhbat o'tkazishdi.
Uchrashuvda qonunchilikda bo'layotgan o'zgarish va qo'shimchalar, xususan bola huquqlarini himoya qilish kafolatlariga oid qonun hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berildi, bolalarni qiziqtirgan savollariga javoblar hamda tushuntirish va maslahatlar berishdi.
Mahkumlar bilan o'tkazilgan suhbat chog'ida, qo'shimcha detektiv kitoblar, lug'atlar, adabiy-ma'rifiy kitoblardan yuborishni so'rashdi.
Markaz xodimlari muassasada belgilangan kun tartibi, voyaga yetmaganlarning yashash sharoitlari, ovqatlanish, dam olish hamda ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg'ul bo'lishlari ahvolini, oziq-ovqat bilan ta'minlanishi, bo'sh vaqtlarida sport bilan shug'ullanishlari, kitob o'qishlari uchun, tibbiy xizmatdan foydalanishlari uchun yaratilgan shart- sharoitlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarga ta'lim olishlari uchun sinf xonalari, o'quv qo'llanmalari, amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar, yashash sharoitini, uzoq muddatli uchrashuv uchun xonalarni yaxshilash uchun olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
Monitoring davomida muassasa ma'muriyati bilan kelajakdagi rejalar, taklif va muloxazalari haqida qizgin suhbatlashdik.
Shu o'rinda, muassasa rahbariyati muassasaga qilingan tashrifdan juda minnatdor ekanligini hamda kelgusida voyaga yetmagan bolalarning sportning futbol turi bilan muntazam shugullanishlari uchun forma, koptok, kurash turi bilan shugullanishlari uchun sport gilami (mat), turnik va kanat qabi sport anjomlari zarurligini bildirdi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'limi
Inson huquqlari soxasidagi halqaro shartnomalarni implementatsiya qilish bo'limi
- Qo'shildi: 27.02.2020
- Ko'rishlar: 4992
- Chop etish