Mudofaa vazirligi rahbar xodimlari maxsus o'quv modulida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbar xodimlari 11 dekabr kuni o'tkazilgan “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarining navbatdagi tinglovchilari bo'ldi.

Mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikda hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ko'magida tashkil etildi.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida o'tkazilgan o'quv moduli mashg'ulotlarida Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt hamda unda mustahkamlab qo'yilgan xalqaro standartlarning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil etildi.

Shuningdek, BMT Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasining individual murojaatlarni ko'rib chiqish amaliyoti misolida bu borada BMTning shartnomaviy qo'mitalari bilan hamjihatlikda ishlash va o'zaro hamkorlik qilishning muhimligi ochib berildi. 

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech