18 fevral kuni poytaxtimizdagi "Hilton Tashkent Sity" mexmonxonasida shu mavzuda xalqaro forum bo'lib o'tdi. Anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, “Yuksalish” umumilliy harakati mutasaddilari, shuningdek, BMTTD, YUNISEF, YUNFPA, YUNESKO, Jaxon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, diplomatik vakolatxonalar, Konrad Adenauer jamg'armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar` kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilangan asosiy vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so'z bordi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasi va Prezidentimizning 2019 yildagi Murojaatnomasi ijrosi doirasida o'tgan yilda amalga oshirilgan ishlar, joriy va kelgysi yillarga mo'ljallangan ystuvor yo'nalishlar myhokama qilindi.
Anjumanda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov davlat va jamiyat qurilishi tizmini rivojlantirishning ustuvor vazifalari, jumladan, sud-huquq tizimini isloh qilish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, raqamli iqtisodiyotni chuqur tatbiq etish bo'yicha ustuvor vazifalar haqida fikr yuritdi. Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash sohasining izchil taraqqiy etishi mamlakat ijtimoiy farovonligining muhim omili ekani alohida ta'kidlandi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot markazi
- Qo'shildi: 20.02.2020
- Ko'rishlar: 4553
- Chop etish