O‘zbekistonda nogironlikni belgilashning jahon andozalariga mos “ijtimoiy modeli”ga bosqichma-bosqich o‘tiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, muhtoj aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu imkoniyatdan qariyb 50 ming kishi foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan ishlar ko‘lami ham kengayishi kutilmoqda. Bunda 27 mingta yoki 2020-yilgiga nisbatan 2,5 barobar ko‘p oilaning ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badallarini to‘lash va kredit foizlarini subsidiyalash uchun 2,4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Manba: daryo.uz
- Qo'shildi: 30.12.2020
- Ko'rishlar: 3937
- Chop etish