O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasining salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan o'quv modulining ochilishiga bag'ishlangan onlayn ochilish marosimi

2020 yil 15 dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Global Partners Governance Foundation GPGF nodavlat tashkiloti hamda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda Parlament komissiyasi a'zolari uchun O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan Zoom platformasida onlayn o'quv kursining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Global Partners Governance - Buyuk Britaniyada joylashgan, butun dunyo bo'ylab siyosiy institutlarni mustahkamlash va siyosiy vakolat sifatini oshirish bo'yicha ish olib boradigan ijtimoiy maqsadli kompaniya. GPG davlatlarning o'z islohotlarini aniqlash va amalga oshirishga yordam berish uchun dunyodagi yeng qiyin siyosiy sharoitlarda - milliy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlarida - yuqori darajali siyosatchilar, vazirlar va mansabdor shaxslar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Shu yilning 12-14 fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori A. Saidov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi milliy markazi delegatsiyasi London shahriga (Buyuk Britaniya) ga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida

O'zbekiston delegatsiyasi GPG NNT ijrochi direktori doktor Sue Griffits bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida delegatsiya a'zolari NNT tomonidan tashkil etilgan tashrif dasturini, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, parlament a'zolari bilan uchrashuvlarni muhokama qildilar.NNT rahbariyati O'zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi katta mamnuniyat bilan tashkil etilganini ta'kidladi.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad – trening ishtirokchilariga inson huquqlari bo'yicha qo'mitalarning qanday ishlashi va boshqa huquq himoyachilari bilan qanday munosabatda bo'lishlari haqida ko'p tomonlama tushuncha berish hamda BMT, Parlamentlararo Ittifoq va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan muhim xalqaro hujjatlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalari, jumladan Buyuk Britaniyaning GPGF mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan tematik tadqiqotlari to'g'risida ma'lumotlarni o'rganishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 25 sentyabrdagi Qo'shma qarori bilan Inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasi tuzildi.

Ushbu tadbir bevosita o'zbek-britan xamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida hamda joriy yilda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida GPGF nodavlat tashkiloti vakillari bilan uchrashuvdagi kelishuvlarga binoan tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, inson huquqlari bo'yicha Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor elchisi Tim Torlot, GPGF nodavlat tashkiloti eksperti Baronessa Elison Satti va GPGF nodavlat tashkiloti direktori o'rinbosari Riannon Xollislar tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladilar.

GPGF nodavlat tashkiloti ekspertlari Xalqaro Parlamentlar eksperti Nik Uolker, Loyixalar boshqarmasi xodimi Isilay Aktas, Loyixalar boshqarmasi xodimi Elizabett Yashnevalar tomonidan inson huquqlari bo'yicha Parlament komissiyasi a'zolari uchun yaratilgan o'quv moduli tanishtirildi.

Onlayn-o'quv treningi 5 ta moduldan iborat, ular quyidagilar:

Xalqaro inson huquqlari asoslari va majburiyatlari;

Inson huquqlariga amal qilishda gender yondashuv;

Parlamentda inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha qo'llanma;

Covid-19 pandemiyasidan kelib chiqadigan inson huquqlari masalalari bo'yicha

xalqaro parlamentlarning javoblari bir qator mamlakatlarning eng yaxshi amaliyoti va innovatsion yondashuvlarini yoritish;

Inson huquqlari sohasida fuqarolarga va fuqarolik jamiyatiga samarali yordam berish.
 

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
Xalqaro hamkorlik bo'limi

Powered by GSpeech