Ayollarning jamiyat va davlat ishlarida teng huquqli ravishda ishtirok etishi demokratik, huquqiy davlat qurilishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Teng huquqlilik va ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi maqomini oshirish masalasi, bu yil qabul qilinganligining 40 yilligi keng nishonlanayotgan BMTning «Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to'g'risida»gi konventsiyasida, shuningdek, 1995 yil 4-15 sentyabr` kunlari Pekinda bo'lib o'tgan Xotin-qizlarning ahvoli bo'yicha to'rtinchi Butujahon konferentsiyasida qabul qilingan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasida ham ko'zda tutilgan.
Xalqaro majburiyatlaridan kelib chiqib, kuchli demokratik va huquqiy davlat qurishni o'z oldiga maqsad qilib olgan O'zbekiston Respublikasi ayollar va erkaklar teng huquqliligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo'ydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga binoan ayollar va erkaklar teng huquqlarga egadirlar. Mazkur norma qonunchilikning boshqa hujjatlari va huquqni qo'llash amaliyotida yanada rivojlantrib borilmoqda.
Misol uchun, 2019 yil 2 sentyabr kuni qaubl qilingan O'zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlari va teng imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga ko'ra, davlat ayollar va erkaklarnnig jamiyat va davlat boshqaruvida teng ishtirok etishini, ularnnig sog'liqni saqlash, ta'lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek, davlat va ijtimoiy hayotning boshqa jabhalarida teng huquqlari va imkoniyatlarini kafolatlaydi.
Ayollarning davlat boshqaruvida sonini oshib borishi va faoliyatini yanada faollashuvi jamiyat va davlat boshqaruvini yanada demokratlashuvida, hayotning barcha sohalarida ijtimoiy tenglik va mamlakatning barqaror rivojlanishini ta'minlab beradi.
Shu nuqtai nazardan, 26 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirokida bo'lib o'tgan “Jamiyat va davlat boshqaruvida ayollarning roli va maqomini oshirish: O'zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi davra suhbati ushbu dolzarb masalaga bag'ishlandi.
Mazkur tadbirning tashkilotchilari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi hisoblanadi.
“Davra suhbati” doirasida, mashhur siyosatchi, Germaniyaning sobiq adliya vaziri – doktor Xerta Doybler Gmelin xonim ishtirok etdi. U tadbir ishtirokchilari bilan Germaniyada davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning ishtiroki, ularning roli va o'rni to'g'risida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi deputati L.Koshelapova esa, ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengayishi va ularning O'zbekistonning ijtimoiy va siyosiy hayotidagi rolini yanada oshirish bo'yicha ma'ruza qildi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi fraktsiyalarining a'zolari esa, fraktsiyalarning ayollarni davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengaytirish bo'yicha faoliyatiga to'htalib o'tishdi va mazkur yo'nalishdagi istiqbollar va strategiyalar bo'yicha o'z fikrlarini o'rtoqlashishdi.
«Davra suhbati» davmoida ishtirokchilar davlat va jamiyat boshqaruvini yanada takomillashtirishda ayollarning ishtiroki bo'yicha tajribalar almashishdi; mazkur yo'nalishdagi Germaniyat tajribasi, bu boradagi zamonaviy tendentsiyalar, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokining shakllari va yondashuvlari va Germaniyadagi ayol deputatlar korpusi misolida, ayollarnnig qonunchilik jarayonidagi faoliyatini yanada faollashtirish bo'yicha tajribalar bilan tanishishdi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.09.2019
- Ko'rishlar: 6013
- Chop etish