Prezident huzurida Jamoatchilik palatasi tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan shu yil 16 aprel kuni imzolangan «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish to'g'risida»gi farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va har bir hududda uning bo'limlari tashkil etilmoqda.

Jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 50 nafar a'zodan iborat bo'ladi. Jamoatchilik palatasi mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari manfaatlarini ifoda etib, davlat bilan fuqarolik jamiyati o'rtasida ko'prik vazifasini bajarishi ko'zda tutilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidovning "Xalq so'zi" gazetasining 2020 yil 17 aprel sonida e'lon qilingan "Jamoatchilik palatasi: xalq va davlat o'rtasidagi yangi ko'prik" sarlavhali maqolasida ushbu Farmonning mazmuni, mohiyati va ahamiyati atroflicha sharhlangan.

A.Saidovning xuddi shu mavzuda rus tilida chop etilgan maqolasi bilan "Pravda Vostoka" gazetasining 2020 yil 18 aprel` sonida tanishish mumkin.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech