Ra'no Shodieva rahbarlik qilayotgan markaz yangi ta'sis etilgan ko'krak nishonning ilk sovrindori bo'ldi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyunda qabul qilingan «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizda «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni ta'sis etilgan edi.

Bugun, 10 dekabr –Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni ilk sovrindorlarga topshirildi. 12 kishi ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ilk sovrindorlar orasida aktrisa,«Mehrli qo'llar» respublika «Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi» rahbari ham bor.

 

 

Manba: zamon.uz

Powered by GSpeech