Saylov qonunchiligini takomillashtirish mavzusi – matbuot e'tiborida

"Xalq so'zi" gazetasining 2021 yil 29 yanvar sonida "Saylov qonunchiligini takomillashtirish – demokratik islohotlar garovidir" sarlavhali material e'lon qilindi.

Unda 28 yanvar kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Namangan davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Nukus davlat universiteti hamda Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda "O'zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi: holati va istiqbollari" mavzusida tashkil etgan davra suhbati tafsilotlari o'z aksini topgan.

Gazeta sahifalarida “Zoom” onlayn platformasida o'tkazilgan ushbu tadbir ishtirokchilari – o'ndan ortiq taniqli huquqshunos va faylasuf olimlar, deputatlar va saylov tizimi mutaxassislarining fikrlari bilan tanishish mumkin.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech