Tanishing: “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni ilk sohiblari

10 dekabr kuni bir guruh yurtdoshlarimiz 2020 yilda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoniga sazovor bo'ldilar. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni va uning guvohnomasini o'z sohiblariga tantanali ravishda topshirdi.

Quyida “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni ilk sohiblarining ro'yxati taqdim etilmoqda.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun nominatsiyasi bo'yicha:

Rashidova Sayyora Sharafovna, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik (uzoq yillar davomida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) lavozimida ishlagan) - inson huquqlarini himoya qilish sohasiga qo'shgan salmoqli hissasi uchun;

Kabulova Dilovar Nasimovna,  Fuqarolar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash markazi direktori - pandemiya davrida aholining ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj qatlamlarigi yordam berishda qo'rsatgan faolligi uchun.

 

Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlaridagi faoliyati uchun nominatsiyasi bo'yicha:

“Istiqbolli avlod” Respublika ijtimoiy-axborot markazi -odam savdosi va zo'ravonlikning boshqa turlari oldini olish, odam savdosidan jabrlanganlar, migrantlar va aholining zaif qatlamlariga yordam berishdagi faolligi uchun;     

Isaev Maxmudjon Nimatovich, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparati Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo'limi mudiri - Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalarini monitoring qilish, jumladan, bolalar va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati uchun.

 

Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qo'shgan hissasi uchun nominatsiyasi bo'yicha:

«Sabr» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi - tushkunlikka uchragan ayollar va bolalarga psixologik, ijtimoiy, huquqiy hamda tibbiy ko'mak ko'rsatishdagi faolligi uchun;

Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi - imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalarga ko'mak ko'rsatishdagi faolligi uchun.

 

Inson huquqlari targ'iboti va ma'rifiy faoliyati uchun nominatsiyasi bo'yicha:

Shamsutdinov Rustambek Temirovich, “Vodiynoma” jurnali bosh muharriri, “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiya jamoat fondi raisi - qatag'on qurbonlari to'g'risidagi ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirishdagi faolligi uchun;         

Abdreymova  Nargul  Sansizbaevna, O'zbekiston Milliy axborot agentligi Siyosat va yangiliklar tahririyati qonunchilik, huquq targ'iboti va korruptsiyaga qarshi kurash bo'limi mudiri -
inson huquqlari, huquq targ'iboti va korruptsiyaga qarshi kurash sohasidagi dolzarb maqolalari uchun.

 

Inson huquqlari sohasidagi ta'lim va ilmiy tadqiqotlari uchun nominatsiyasi bo'yicha:

Babaev Xalimbay Babaevich, Toshkent davlat yuridik universiteti professori - O'zbekistonda birinchi “Inson huquqlari” kursini oliy o'quv yurtlariga kiritishdagi alohida hissasi uchun;

Muminov Abdulxay Rashidovich  (marhum), Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bo'lim boshlig'i lavozimida ishlagan - “Inson huquqlari”, “Bola huquqlari” darsliklari, “Inson huquqlari” fani bo'yicha o'quv dasturlarini yaratishdagi alohida xizmatlari  uchun.         

 

Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun nominatsiyasi bo'yicha:

Moskalkova Tatyana Nikolaevna, Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari bo'yicha vakili - pandemiya davrida migrantlar huquqlarini himoyasidagi samarali faoliyati uchun;  

Xerta Doybler-Gmelin, Germaniya Federativ Respublikasi sobiq adliya vaziri, F. Ebert  jamg'armasi Vasiylik kengashi a'zosi - O'zbekistonda sud-huquq, inson huquqlari va korruptsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi samarali tadbirlari uchun.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech