Maxsus o'quv moduli: Davlat bojxona qo'mitasi tizimi rahbarlari uchun vebinar

26 noyabr kuni  “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv modulining vebinar shaklida o'tkazilgan mashg'ulotlarida O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tizimi rahbarlari ishtirok etdi.

Maxsus o'quv moduli doirasidagi navbatdagi mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikda hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ko'magida tashkil etildi.

Xalqaro ekspertlar o'quv moduli mashg'ulotlari doirasida tinglovchilarning:

– inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning mazmun-mohiyati va mamlakat milliy huquqiy tizimi uchun ahamiyati;

– inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni huquqni qo'llash amaliyotiga joriy qilishning amaliy muammolari va istiqbollari;

– xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari so'zsiz bajarilishini ta'minlash;

 – BMTning inson huquqlari bo'yicha ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalarining tavsiyalarini bajarishga to'sqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil etish va bartaraf qilish;

– huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan inson huquqlari buzilishi holatlarini, jumladan, qiynoq va noinsoniy muomala va jazo turlari qo'llanishining oldini olish hamda bartaraf etishga oid xalqaro standartlar, shuningdek milliy qonunchilik bo'yicha bilim va ko'nikmalarni oshirish;

– huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishdagi faolligini kuchaytirish;

– O'zbekistonning xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlariga rioya qilish bo'yicha xodimlarning mas'ulligini oshirish bo'yicha ko'nikmalarini rivojlantirish masalalariga e'tibor qaratdilar.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech