23 dekabr kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv modulining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi rahbar xodimlar ishtirok etdi.
BMTning Qiynoqlarga qarshi konventsiyasida "qiynoqlar" tushunchasiga ta'rif berilgan. Shuningdek, davlatlarning qiynoqlar va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini taqiqlash va ularning oldini olish borasidagi majburiyatlari bayon etilgan. BMT Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha qo'mitasi davlatlar tomonidan ana shu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.
BMT Qiynoqlarning oldini olish bo'yicha kichik qo'mitasi raisi o'rinbosari Viktor Zaxariya olib borgan mashg'ulot qiynoqlar va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini taqiqlash hamda ularning oldini olish borasidagi xalqaro standartlar tahliliga bag'ishlandi. Shuningdek, tinglovchilarning ushbu ilg'or andozalardan huquqni qo'llash faoliyatida foydalanishga doir bilimlari va ko'nikmalarini oshirishga e'tibor qaratildi.
Vebinar shaklidagi mashg'ulot YEHHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 24.12.2020
- Ko'rishlar: 3915
- Chop etish