Bugungi kunda 500 nafardan ortiq talaba jazoni ijro etish muassasalarida o'z qilmishiga yarasha qonunda belgilangan jazosini o'tamoqda.
“Yangi O'zbekistonni – yoshlar bilan birga quramiz” shiori ostida ichki ishlar organlari jazoni ijro etish tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga bag'ishlangan “Yoshlar press-klubi”ning navbatdagi sessiyasida shu haqda so'z bordi, deb xabar berdi xs.uz sayti.
Ushbu yoshlarni masofadan turib o'qitish bo'yicha Ichki ishlar, Adliya, Oliy va o'rta maxsus ta'lim, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamkorligida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Unda Jazoni ijro etishiga qadar talaba bo'lgan shaxslar uchun onlayn tarzda ta'lim olishini davom ettirishi ko'zda tutilmoqda.
Mahkumlar zarur adabiyotlar bilan ta'minlanadi. Lekin tahsilni davom ettirgan mahkumlar bitiruv imtihonlarini jazo muddatini o'tab bo'lganidan so'ng ta'lim olgan oliygohiga borib topshirib, diplomini olishi mumkin.
Respublikadagi jazoni ijro etish muassasalarida o'tgan yil davomida 26 turdagi fan, kasb-hunar, sport va chet tillari bo'yicha to'garaklarga 2000 nafarga yaqin jazo muddatini o'tayotgan yoshlarni qamrab olishga erishildi.
Jumladan, 2019 yilning fevral oyidan boshlab Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 24-sonli voyaga yetmaganlar tarbiya koloniyasida 8 ta yo'nalishda fan va chet tillarini o'rgatish bo'yicha to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilib, 97 nafar voyaga yetmaganlar qamrab olindi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot markazi
- Qo'shildi: 21.02.2020
- Ko'rishlar: 4703
- Chop etish