O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv to'g'risida axborot

2021 yil 5 yanvar kuni Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazida O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari bilan uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvni Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi direktori A. Saidov hamda Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari SH. Asadov kirish so'zi bilan boshladilar.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Prezidentning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida bildirgan tashabbuslari, BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo bo'lishi bilan bog'liq majburiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalar hamda inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan xalqaro ahamiyatdagi tadbirlar muhokama qilindi.

Tadbirda O'zbekistonning Afg'oniston, Turkiya, Buyuk Britaniya, Polsha davlatlardagi elchilari takliflari bildirdi. Muhokamalar davomida inson huquqlari sohasida O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, bu boradagi yutuqlar hamda ular bilan xorijiy davlatlarni tanishtirish, xususan O'zbekistonning inson huquqlari sohasidagi siyosatini o'ziga xos mintaqaviy model ekanligini yoritishda elchixonalar o'rni haqida fikr almashildi.

Shuningdek, 2021 yilda o'tkazilishi mo'ljallanayotgan “Inson huquqlari bo'yicha ta'lim” global forumi, Yoshlar huquqlariga bag'ishlangan Butunjahon yoshlar anjumani, Diniy erkinlik masalalari bo'yicha mintaqaviy konferentsiya ishini tashkil qilishda elchixonalarning ishtiroki masalasiga to'xtalib o'tildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi

Powered by GSpeech