Barqaror rivojlanish maqsadlari ijrosini ta'minlashning parlament mezonlari

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish global miqyosda o't ochishni to'xtatish bo'yicha e'lon qilgan da'vatini O'zbekiston qo'llab-quvvatlagani uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy minnadorchilik izhor etib yozgan maktubida O'zbekiston hukumati bilan rezident-koordinator rahbarligidagi BMTning Mamlakat guruhi o'rtasidagi hamkorlik yuqori darajada ekanini alohida ta'kidlagan.

Bu masalada nafaqat hukumat, balki O'zbekiston parlamenti ham ushbu yo'nalishda o'zining samarali hissasini qo'shayotganligini alohida qayd etish lozim. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov "Narodnoe slovo" gazetasining 2020 yil 15 may sonida e'lon qilingan "Sa'y-harakat uchun yalpi chorlov" ("Vseobshiy priziv k deystviyu") sarlavhali maqolasida shu haqda so'z yuritadi.

Muallifning qayd etishicha, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari iqtisodiyot, ijtimoiy va ekologik yo'nalishlardagi ustuvor vazifalarni uyg'unlashtirib, a'zo-mamlakatlarni o'z milliy rejalarini global majburiyatlari bilan mutanosib ravishda qabul qilishga undaydi. Bu borada Oliy Majlis Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish uchun zarur bo'lgan qonunlarni qabul qiladi.

Parlament xalqaro shartnomalarni ham ratifikatsiya qiladi. Shuningdek, Davlat byudjetini qabul qiladi va ijrosini nazorat qiladi. Eng muhimi, 2030 yilga qadar bu yo'nalishda qonun xujjatlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish talab etiladi.

Bir so'z bilan aytganda, endilikda Barqaror rivojlanishning milliy maqsadlari va vazifalari hukumat tomonidan qay darajada bajarilayotganligiga parlament tomonidan baho beriladi, natijalar parlament mezonlari bilan o'lchanadi. 

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech