Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashi 2020 yil 30 iyundan - 20 iyulga qadar BMTning Jenevadagi Bo'limida o'zining qirq to'rtinchi sessiyasini o'tkazadi. COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq vaziyani hisobga olgan holda, ushbu sessiya sanasida o'zgarishlar yuz berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha oliy komissarining barcha ma'ruzalari kun tartibidagi 2-band doirasida taqdim etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha oliy komissarining Yillik ma'ruzasini BMT Inson huquqlari kengashi interfaol muloqot doirasida muhokama qiladi.
Insonning barcha huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilishga oid kun tartibiga ko'ra, joriy yilning 13 iyulida Inson huquqlari kengashi BMT Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisining O'zbekistonga tashrifi yakunlariga doir ma'ruzasini ko'rib chiqadi.
Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachi 2019 yilning 19-25 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'lgan. Tashrifdan maqsad Prezident SH.M.Mirziyoev tashabbusi asosida va rahbarligida odil sudlov tizimida amalga oshirilayotgan joriy islohotlarni baholashdan iborat.
BMT Inson huquqlari kengashining qirq to'rtinchi sessiyadagi tarkibi quyidagicha: Avstraliya (2020 yil); Avstriya (2021 yil); Angola (2020 yil); Argentina (2021 yil); Armaniston (2022 yil); Afg'oniston (2020 yil); Bagam Orollari (2021 yil); Bangladesh (2021 yil); Bahrayn (2021 yil); Bolgariya (2021 yil); Braziliya (2022 yil); Burkina-Faso (2021 yil); Venesuela (Bolivar Respublikasi) (2022 yil); Germaniya (2022 yil); Daniya (2021 yil); Kongo Demokratik Respublikasi (2020 yil); Hindiston (2021 yil); Indoneziya (2022 yil); Ispaniya (2020 yil); Italiya (2021 yil); Kamerun (2021 yil); Qatar (2020 yil); Liviya (2022 yil); Mavritaniya (2022 yil); Marshall Orollari (2022 yil); Meksika (2020 yil); Namibiya (2022 yil); Nepal (2020 yil); Nigeriya (2020 yil); Niderlandiya (2022 yil); Pokiston (2020 yil); Peru (2020 yil); Polsha (2022 yil); Koreya Respublikasi (2022 yil); Senegal (2020 yil); Slovakiya (2020 yil); Somali (2021 yil); Sudan (2022 yil); Togo (2021 yil); Ukraina (2020 yil); Urugvay (2021 yil); Fidji (2021 yil); Filippin (2021 yil); Chexiya (2021 yil); Chili (2020 yil); Eritreya (2021 yil) va Yaponiya (2022 yil).
Inson huquqlari kengashi 2019 yil 6 dekabrda bo'lib o'tgan tashkiliy yig'ilishida o'z faoliyatining 2020 yil 1 yanvardan - 31 dekabrgacha bo'lgan davri uchun quyidagi Byuro a'zolarini saylagan: Rais - Elizabet Tixi-Fisslberger (Avstriya), rais o'rinbosarlari - Nasir Ahmad Andisha (Afg'oniston), Sokorro Flores Liera (Meksika), Yuray Podgorski (Slovakiya), rais o'rinbosari va ma'ruzachi - Yakoley Koku Jonson (Togo).
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 13.07.2020
- Ko'rishlar: 4722
- Chop etish