Shu yil 11-14 fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov rahbarligidagi delegatsiya Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligida xizmat safarida bo'ladi.
Tashrifdan maqsad inson huquqlari sohasida o'zaro tajriba almashishdan iborat. Shuningdek, bu boradagi monitoring, hisobdorlik va boshqa tartib-taomillarga doir ilg'or amaliyotyb tahlil etishga e'tibor qaratiladi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 11.02.2020
- Ko'rishlar: 4568
- Chop etish