27 noyabr kuni poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Rossiya Federatsiyasidagi ofisining inson huquqlari sohasida ta'lim borasidagi
amaliy tajribasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbir Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi ofisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Uchrashuvdan maqsad – BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Rossiya Federatsiyasidagi ofisining Rossiya yuridik ta'limga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda inson huquqlari sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish va joriy etishda borasidagi amaliy tajribasini o'rganishdan iborat. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalari doirasida inson huquqlari sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muloqotda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat yuridik universiteti, Xalqaro Vestminster universiteti, Sud`yalar oliy maktabi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi Akademiyalari vakillari, shuningdek, turli vazirlik va tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mirzatillo Tillaboev so'zga chiqdi.
Uchrashuv ishtirokchilariga “2030 yilgacha bo'lgan davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi” va Barqaror taraqqiyot maqsadlari bo'yicha O'zbekiston zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Inson huquqlari sohasidagi ta'limni rivojlantirish orqali bu borada samaradorlikni oshirish istiqbollariga e'tibor qaratildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 28.11.2019
- Ko'rishlar: 5206
- Chop etish