23-oktyabr kuni Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazida Yevropa Kengaşining Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zöravonlikdan himoya qiliş töğrisidagi konvensiyasi (Lansarote konvensiyasi)ga bağişlangan seminar böldi.
Tadbir davomida bolalarni jinsiy zöravonlikdan himoya qiliş böyiça xalqaro standartlar, bunday jinoyatlarning oldini olişning milliy mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari, şuningdek, Özbekistonning uşbu xalqaro şartnomaga qöşilişi ehtimolining huquqiy va institutsional jihatlari körib çiqildi.
Seminar Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) tomonidan Yevropa Kengaşi va YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Bolalar ombudsmani instituti, Oliy sud, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgaça va maktab ta’limi, Soğliqni saqlaş, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirliklari, şuningdek, yuridik hamjamiyat va ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari vakillari iştirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi iştirokçilarni Lansarote konvensiyasining muhim qoidalari hamda bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş va ularga nisbatan jinsiy zöravonliklarning oldini oliş böyiça xalqaro standartlar bilan taniştiriş, şuningdek, Özbekistonning mazkur Konvensiyaga qöşilişi ehtimoli yuzasidan zarur huquqiy, institutsional va protsessual şart-şaroitlarni muhokama qilişdan iborat böldi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoşlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Orzigul Qozixonova, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari böyiça vakili Surayyo Rahmonova, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori örinbosari Dilnoza Muratova hamda YUNISEFning Özbekistondagi “Bolalarni himoya qiliş” dasturi rahbari Antoniya Lyudeke qutlov sözi bilan çiqiş qildilar.
Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning xavfsizligini ta’minlaş hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlikning barça şakllarining oldini oliş Özbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Sönggi yillarda mamlakatda milliy qonunçilik izçil takomillaştirilmoqda. Bolalarni himoya qilişning institutsional mexanizmlari mustahkamlanib, zöravonlikning oldini oliş çoralari körilmoqda hamda uşbu sohadagi xalqaro hamkorlik kengayib bormoqda.
Özbekiston Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş strategiyasini amalga oşiriş böyiça 2026–2027-yillarga möljallangan çora-tadbirlar rejasida Lansarote konvensiyasini örganiş közda tutilgan.
Lansarote konvensiyasi bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi asosiy xalqaro-huquqiy vositalardan biri hisoblanadi. U jinoyatlarning oldini oliş, jabrlangan bolalarni himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş, aybdor şaxslarni jinoiy javobgarlikka tortiş, şuningdek, milliy mexanizmlar va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşni qamrab oluvçi kompleks yondaşuvni nazarda tutadi.
Seminarning asosiy dasturi doirasida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi yetakçi mutaxassisi Dilnoza Rahmatjonova “Özbekistonning bola huquqlariga oid inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarga qöşilişi: yutuqlar va kelgusi istiqbollar” mavzusida ma’ruza qildi.
Yevropa Kengaşi Lansarote konvensiyasi Kotibiyatining huquqiy maslahatçisi Yekaterina Malareva Konvensiyaning asosiy qoidalari va Lansarote qömitasi faoliyati yuzasidan umumiy ma’lumot berib, bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zöravonlikdan himoya qilişning xalqaro standartlari hamda amaliy mexanizmlariga e’tibor qaratdi.
Mavzuli sessiyalar davomida bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyatlarga jinoiy-huquqiy munosabat masalalari, şu jumladan, bunday jinoyatlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan çoralar köriş va ularni reabilitatsiya qiliş yondaşuvlari körib çiqildi. Sud işlarini bolaning yoşi, manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda taşkil etiş, jabrlanuvçilarning zarur yordam hamda kömak olişini ta’minlaş, şuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zöravonlikning oldini oliş çora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalarning alohida turkumi vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, bolalarni himoya qiliş sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, davlatlarning Lansarote konvensiyasiga qöşiliş tartib-taomillari hamda unda iştirok etişning amaliy afzalliklariga bağişlandi.
Munozara doirasida mamlakatning uşbu xalqaro şartnomaga qöşilişi uçun talab etilişi mumkin bölgan birinçi galdagi tayyorgarlik çoralari muhokama qilindi. Seminar yakunlari böyiça milliy qonunçilikni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqildi.
Seminar bolalarni himoya qilişning xalqaro standartlarini örganiş hamda ularning huquqlari, xavfsizligi va eng ustun manfaatlarini ta’minlaşning milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlaş istiqbollarini belgilaşda muhim qadam böldi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
