Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Samarqandda ötkazilgan Jahon sammitida Milliy markaz vakili qatnaşdi

2026-yil-21–22-oktyabr-kunlari Samarqand şahridagi «Silk Road Samarkand» turistik majmuasida «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» mavzusidagi Jahon sammiti bölib ötdi. Anjumanda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 600 dan ziyod iştirokçi — davlat va hukumat vakillari, vazirlar, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, ekspertlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillari, şuningdek, bolalar va ösmirlar qatnaşdi.

Sammit Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş kotibining bolalarga nisbatan zöravonlik masalalari böyiça Maxsus vakili, YUNISEF, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Jahon banki hamkorligida taşkil etildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev sammit iştirokçilariga tabrik yölladi. Davlat rahbari öz tabrigida bolalarni hayotning ilk bosqiçlaridanoq qöllab-quvvatlaş, bolalar onkologiyasi, xavfsiz raqamli muhitni ta’minlaş hamda bolalarning qaror qabul qiliş jarayonlaridagi iştirokini kengaytiriş kabi ustuvor yönalişlarni belgilab berdi, bolalar farovonligi masalalari böyiça amaliy muloqot uçun Samarqand platformasini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.

Oçiliş marosimida BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasi raisi, qator davlatlarning birinçi xonimlari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari ham sözga çiqdi.

Sammitning yalpi sessiyalarida bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qiliş, bola huquqlarini muhofaza qiliş va zarur xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş, bolalar salomatligi, erta bolalik davridagi rivojlaniş hamda inklyuziv ta’lim masalalari muhokama qilindi. Anjuman doirasida Bolalar onkologiyasi böyiça II Xalqaro kongress ham ötkazildi.

Sammit işida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori örinbosari Dilnoza Muratova iştirok etdi. Milliy markaz Özbekistonning xalqaro inson huquqlari şartnomalari, jumladan, Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya böyiça milliy ma’ruzalar tayyorlaş işlarini muvofiqlaştiruvçi davlat organi sifatida sammit muhokamalari va uning yakuniy hujjatlarini bola huquqlarini ta’minlaş borasidagi milliy çora-tadbirlarni takomillaştiriş nuqtayi nazaridan muhim deb hisoblaydi.

Sammit doirasida Milliy markaz direktori örinbosari D.Muratova Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) S.Rahmonova hamda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi örinbosari M.Qalandarova bilan birgalikda Samarqand şahrida 21-oktyabr kuni oçilgan, xalqaro «Barnahus» modeli asosida faoliyat yurituvçi «Najot» bolalar markaziga taşrif buyurdi.

Prezidentimizning-2026-yil 14-oktyabrdagi qarori bilan taşkil etilgan uşu Markazda zöravonlikdan jabrlangan bolalar bilan tergov harakatlari bolaga moslaştirilgan şaroitda, psixolog va ijtimoiy xodim iştirokida ötkaziladi. Bu, öz navbatida bolaning qayta ruhiy jarohatlanişining oldini olişga xizmat qiladi.

Sammit yakunida bolalar farovonligiga investitsiya kiritiş böyiça Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Uşbu hujjat bola huquqlarini himoya qiliş tizimlarini mustahkamlaş, zarur xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş böyiça amaliy yöl xaritasi bölib xizmat qiladi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

 matbuot xizmati

Nashr sanasi 22.10.2026 Ko'rishlar 86
Ulashish