Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Jenevada Movarounnahrning ma’naviy va ilmiy merosi taqdim etildi

2026-yil 22-oktyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Jenevadagi bölinmasi joylaşgan Millatlar saroyida “Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk ma’naviy va ilmiy merosi hamda ma’rifat ufqlari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi. Oçiliş marosimida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati akademik Akmal Saidov ma’ruza qildi.

Anjuman Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din işlari böyiça qömita, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, şuningdek, Özbekistonning BMT bölinmasi va Jenevadagi boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan taşkil etildi.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosi böyiça BMTda maxsus taqdimot ötkaziş taşabbusi ijrosi doirasida taşkil etildi.

Anjumanning asosiy maqsadi xalqaro hamjamiyatni Movarounnahrning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan ulkan hissasi bilan taniştiriş, özbek xalqining ma’naviy va ilmiy merosini keng tarğib qiliş, şuningdek, ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohalarida hamda ma’rifat va bağrikenglik ğoyalarini ilgari suriş borasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat böldi.

Konferensiyada diplomatik korpus, xalqaro ilmiy va ekspertlar hamjamiyati, Özbekistonning davlat hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, şuningdek, xorijlik mutaxassislar iştirok etdi.

Oçiliş marosimida BMTning Jenevadagi bölimi Boş direktori Tatyana Valovaya, Özbekistonning Jenevadagi doimiy vakili Eldiyor Toşmatov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov sözga çiqdi.

Akmal Saidov öz nutqida Özbekiston qadimiy davlatçilik, boy huquqiy madaniyat va köp asrlik ilmiy an’analarga ega mamlakat ekanini ta’kidladi. Bunga ma’naviy va huquqiy madaniyatning qadimiy yodgorligi bölmiş «Avesto», suğd huquqiy hujjatlari, şuningdek, islom sivilizatsiyasining buyuk merosi yaqqol dalolat beradi.

Movarounnahrda şakllangan qur’onşunoslik, hadisşunoslik, islom huquqşunosligi — fiqh, ilohiyot va tasavvuf ilmiy maktablariga alohida e’tibor qaratildi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiyning jahon diniy-falsafiy tafakkuri hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojiga qöşgan beqiyos hissasi e’tirof etildi.

Mintaqaning ilmiy merosi algebra, tibbiyot, astronomiya, geografiya, geodeziya va boşqa tabiiy fanlar sohasidagi ulkan yutuqlarni ham qamrab olgani ta’kidlandi. Muhammad Xorazmiy, Ab-u Rayhon Beruniy, Ab-u Ali ibn Sino va Mirzo Uluğbek nomlari jahon ilm-fani tarixida alohida örin tutadi.

Nutqda Özbekistonning eng muhim tarixiy qadriyatlaridan biri bölgan bağrikenglik mavzusiga alohida örin ajratildi. Asrlar davomida hozirgi Özbekiston hududi turli xalqlar, dinlar, tillar va madaniyatlar tutaşgan makon bölib kelgani qayd etildi.

Millatlararo, dinlararo, tillararo va madaniyatlararo bağrikenglik mamlakat tarixiy merosining ajralmas qismi bölib, Yangi Özbekistonning öziga xos ramzlaridan biridir. Şu nuqtayi nazardan, YUNESKO tomonidan 1995-yil 16-noyabrda qabul qilingan Bağrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi, şuningdek, BMT Boş Assambleyasining bağrikenglik tamoyillarini yanada qaror toptirişga qaratilgan 1996-yil 12-dekabrdagi rezolyutsiyasining dolzarbligi ta’kidlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning xalqaro taşabbuslariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2017-yilda davlatimiz rahbari BMT Boş Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bağrikenglik” rezolyutsiyasini qabul qilişni taklif etgan bölib, u 2018-yil dekabr oyida bir ovozdan ma’qullandi.

Şuningdek, Akmal Saidov madaniy meros, ma’rifat, qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasi özaro çambarças boğliq ekanini ta’kidladi. Ta’lim oliş huquqi, fikr, vijdon va din erkinligi, madaniy hayotda iştirok etiş hamda ilmiy taraqqiyot yutuqlaridan foydalaniş inson qadr-qimmati va jamiyat barqaror rivojlanişining eng muhim tarkibiy qismlaridir.

Movarounnahrning buyuk mutafakkirlari merosini asrab-avaylaş jarayoni yoş avlodning bilim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlaş hamda diniy va madaniy xilma-xillikka hurmat ruhini şakllantiriş bilan uyğun holda olib borilişi lozim.

Konferensiyaning ilmiy dasturi doirasida Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Markaziy Osiyo allomalarining ilmiy kaşfiyotlari va Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro missiyasi haqida ma’ruza qildi. Jeneva diplomatik doirasi prezidenti Robert Blyum Özbekistondagi islom sivilizatsiyasi merosining umumbaşariy ahamiyatini yoritib berdi.

Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davronbek Maxsudov Yangi Özbekistonda ma’rifat va bağrikenglik masalalari yuzasidan sözga çiqdi. Germaniya vakili Ketlin Gyobel esa islom sivilizatsiyasining ma’naviy va adabiy an’analari haqida ma’ruza taqdim etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Otabek Muhammadiyevning çiqişi Imom Buxoriy va Imom Termiziyning ilmiy merosiga bağişlandi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuhamedov buyuk mutafakkir merosida bağrikenglik va mo‘tadillik ğoyalarining ahamiyatiga töxtaldi.

Islom sivilizatsiyasi va Movarounnahrning buyuk allomalari merosiga bağişlangan körgazma tadbirning muhim qismiga aylandi. Ekspozitsiyada Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga oid materiallar, qadimiy qölyozmalar nusxalari, ilmiy naşrlar, miniatyuralar hamda mintaqaning boy ilm-fan va madaniyat tarixini aks ettiruvçi boşqa nodir manbalar namoyiş etildi.

Iştirokçilarga, şuningdek, yangi avlod muzeyi sifatidagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda buyuk mutafakkirlarning ilmiy-ma’naviy merosiga bağişlangan mavzuli videomateriallar taqdim etildi.

Konferensiya yakunida ilmiy tadqiqotlar, madaniy merosni asraş, ta’lim va sivilizatsiyalararo muloqot sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Jenevada xalqaro konferensiyaning ötkazilişi Özbekiston Prezidentining mamlakat ma’naviy va ilmiy merosini xalqaro maydonda keng tarğib qiliş borasidagi taşabbuslarini röyobga çiqarişda muhim qadam böldi.

Akademik Akmal Saidovning uşbu tadbirdagi iştiroki ma’rifatparvarlik, huquqiy madaniyat va bağrikenglik an’analarining inson huquqlarini ta’minlaş, qonun ustuvorligi hamda inson qadr-qimmatini hurmat qiliş kabi zamonaviy tamoyillar bilan tarixiy uzviy boğliqligini alohida körsatib beriş uçun qulay imkoniyat tuğdirdi.

 

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 23.10.2026 Ko'rishlar 66
Ulashish