«Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoni samarali tergov qilish va hujjatlashtirish» mavzusidagi treningi davom etmoqda

Joriy yilning 15 dekabr kuni O'zbekiston penitentsiar muassasalarining tibbiyot xodimlari uchun «Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoni samarali tergov qilish va hujjatlashtirish» mavzusida trening o'z ishini davom ettirdi.

Tadbirning ikkinchi kuni doirasida ishtirokchilar qiynoq oqibatlari, qiynoqlarning tibbiy hujjatlari bilan bog'liq quyidagi masalalarni, shuningdek, qiynoqlardan foydalanish holatlari haqida xabarlar to'g'risida muhokama qildilar.

Trening davomida ishtirokchilar Istanbul protokoli bo'yicha tibbiy-huquqiy sertifikatning tuzilishi va mazmuni, qiynoqlar haqidagi xabarga ta'sir ko'rsatadigan holatlar bo'yicha klinik tarixi va qiynoqlar qurbonlarini tekshirish jarayonini o'rganishdi.

Xalqaro ekspertlar Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlarni xujjatlashtirishning tibbiy shakllarini to'ldirish bo'yicha maslahatlar va amaliy ko'nikmalar sohasida bir qator davlatlar tajribasi bilan o'rtoqlashdi.

Trening O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi penitentsiar muassasalarining tibbiyot xodimlari, shuningdek, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir so'ngida seminar ishtirokchilari qiynoqlarning oldini olish masalalari bo'yicha amaldagi chora-tadbirlarni takomillashtirish bo'yicha takliflarni muhokama qildilar.

Ushbu tadbir tashkilotchilari Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, YeXHTning O'zbekistondagi Loyihalari koordinatori va BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi.

Inson huquqlari bo`yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
Xalqaro hamkorlik bo'limi

Powered by GSpeech