Xabaringiz bor, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi tashkil etilgan edi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida 2024-yilning 1-iyunidan 1-noyabrigacha o‘tkazilgan tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning “Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi ilmiy maqola” nominatsiyasida Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs talabasi Sarvarbek Rasulov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Qo'shildi: 20.12.2024
- Ko'rishlar: 178
- Chop etish