Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

«Samarqand nigohi – 2040»: inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning yangi bosqiçi

Yaqinda yurtimizda bölib ötgan Beşinçi Samarqand forumining «Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlaniş yölida global hamkorlik» nomli yakuniy hujjati Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 81-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida A/81/444 raqami bilan e’lon qilindi. Mazkur voqea Özbekistonning inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi xalqaro taşabbuslari izçil davom etayotgani va Samarqand forumi nufuzli muloqot maydoniga aylanib borayotganining muhim tasdiğidir.

Ayni paytda uning ahamiyati faqat xalqaro e’tirof bilan çeklanmaydi. Eng muhimi, uşbu hujjat inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan tamoyillarni davlatlar siyosati va jamiyat hayotida amaliy natijalarga aylantiriş masalasini kun tartibiga qöyadi. Hujjatning BMT Boş Assambleyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatilişi Samarqandda ilgari surilgan ğoyalar va takliflarni xalqaro hamjamiyat e’tiboriga yetkaziş, ulardan kelgusidagi muloqotlar, tadqiqotlar hamda hamkorlik dasturlarida foydalaniş uçun muhim imkoniyat yaratadi.

Şuni ta’kidlaş lozimki, uşbu hujjat Boş Assambleya tomonidan qabul qilingan alohida rezolyutsiya emas, balki Forum iştirokçilarining umumiy qaraşlari va tavsiyalarini ifodalovçi yakuniy hujjatdir. U yangi xalqaro-huquqiy majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi, biroq amaldagi majburiyatlarni samarali bajarişga qaratilgan xalqaro hamkorlik uçun muhim yönalişlarni belgilaydi.

 «Samarqand nigohi – 2040» hujjatining qabul qilinişi muhim tarixiy sanalarga töğri kelgani bilan ham ahamiyatlidir. Joriy yilda Fuqarolik va siyosiy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi xalqaro pakt qabul qilinganiga-60-yil, Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaga-40-yil, Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyaga esa-20-yil töldi.

Ötgan davr mobaynida xalqaro huquq inson huquqlarini himoya qilişning mustahkam me’yoriy asoslarini şakllantirdi. Biroq bugungi kunda asosiy masala xalqaro standartlarning mavjudligi emas, balki ularning har bir inson hayotida qançalik samarali ta’minlanayotganidir. Şu nuqtayi nazardan, Samarqand forumi hujjatida xalqaro majburiyatlarni milliy qonunçilik, sud va ma’muriy amaliyot, davlat dasturlari hamda institutsional mexanizmlar orqali röyobga çiqarişga alohida e’tibor qaratilgani muhimdir.

Xususan, BMTning inson huquqlari böyiça şartnomaviy qömitalari tavsiyalarini bajariş, universal davriy körib çiqiş jarayoni natijalarini amalga oşiriş, parlament nazoratini kuçaytiriş va jamoatçilikka hisobdorlikni ta’minlaş masalalari hujjatning ustuvor yönalişlari qatoriga kiritilgan.Fikrimizça, bu yondaşuvning asosiy ahamiyati şundaki, inson huquqlari sohasidagi taraqqiyot qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar soni bilangina emas, balki ularning hayotga tatbiq etilişi, huquqbuzarliklarning oldi olinişi va fuqarolarning samarali huquqiy himoya vositalaridan foydalaniş imkoniyati bilan baholanişi lozim.

Yakuniy hujjatning yana bir muhim jihati inson huquqlari va barqaror rivojlaniş örtasidagi uzviy boğliqlikka alohida urğu berilganidir.

Bugungi şaroitda iqtisodiy ösişning özi jamiyat farovonligini töliq ifodalay olmaydi. Rivojlaniş natijalari aholining barça qatlamlari uçun teng imkoniyatlar yaratişi, kambağallik va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirişi, ta’lim, soğliqni saqlaş, munosib mehnat va ijtimoiy himoyadan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişi zarur.

«Samarqand nigohi – 2040»da inson huquqlarini milliy rivojlaniş strategiyalari, davlat dasturlari va byudjet jarayonlariga integratsiya qilişga çaqirilgani ana şu maqsadlarga xizmat qiladi.

Ayniqsa, davlat byudjetini şakllantirişda inson huquqlariga asoslangan yondaşuvni qöllaş muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki huquqlarni amalga oşiriş uçun nafaqat huquqiy kafolatlar, balki yetarli moliyaviy resurslar, samarali davlat xizmatlari va natijalarni baholaş mexanizmlari ham zarur.

Bu borada Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy davlat tamoyillariga asoslangan islohotlar bilan Samarqand hujjatining ustuvor yönalişlari örtasida özaro uyğunlik mavjud.

Şuningdek, hujjatda xotin-qizlar, yoşlar, nogironligi bölgan şaxslar va ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj boşqa guruhlarning qarorlar qabul qiliş jarayonlarida tölaqonli iştirokini ta’minlaşga e’tibor qaratilgan. Bu esa inson huquqlarini ta’minlaşda fuqarolarni faqat davlat siyosati natijalaridan foydalanuvçi şaxslar sifatida emas, balki uşbu siyosatni şakllantirişning faol iştirokçilari sifatida e’tirof etiş zarurligini körsatadi.

Forum yakuniy hujjatining zamonaviyligi, avvalo, unda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt bilan boğliq inson huquqlari masalalari mustaqil ustuvor yönaliş sifatida belgilanganida namoyon böladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari davlat boşqaruvi, ta’lim, tibbiyot, mehnat munosabatlari va iqtisodiyotda yangi imkoniyatlarni yaratayotgan bölsa-da, şaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi, algoritmik kamsitiş, qarorlar qabul qilişning şaffofligi va javobgarlik bilan boğliq yangi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda.

Hujjatda sun’iy intellektdan foydalaniş jarayonida inson qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qiliş, şaxsiy ma’lumotlarni muhofaza etiş, insonning samarali nazoratini saqlab qoliş hamda huquqlari buzilgan şaxslar uçun himoya vositalarini ta’minlaş zarurligi ta’kidlangan.

Mazkur qoidalar nafaqat davlat organlari, balki raqamli texnologiyalarni işlab çiquvçi va ulardan foydalanuvçi tadbirkorlik subyektlari faoliyati uçun ham dolzarb ahamiyatga ega. Şu bois kelgusida sun’iy intellekt tizimlarining inson huquqlariga ta’sirini baholaş, algoritmik qarorlar ustidan şikoyat qiliş imkoniyatlarini rivojlantiriş va raqamli texnologiyalardan mas’uliyatli foydalaniş madaniyatini şakllantiriş muhim vazifalardan hisoblanadi.

 «Samarqand nigohi – 2040»da har bir insonning toza, soğlom va barqaror atrof-muhitga bölgan huquqi alohida e’tirof etilgan. Ayniqsa, Orol dengizi inqirozining ekologik va ijtimoiy oqibatlariga maxsus e’tibor qaratilişi Özbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun muhim ahamiyatga ega.

Orolböyi hududida ekologik özgarişlar aholi salomatligi, toza içimlik suvidan foydalaniş, munosib turmuş şaroiti va iqtisodiy imkoniyatlarga bevosita ta’sir körsatmoqda. Şu sababli ekologik muammolarni hal etiş faqat tabiatni muhofaza qiliş çoralari bilan çeklanmasdan, inson huquqlarini himoya qiliş siyosati bilan uyğun holda olib borilişi zarur.

Hujjatda ekologik qarorlar qabul qilişda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş, suv va boşqa tabiiy resurslarni boşqarişda mintaqaviy hamkorlikni kuçaytiriş, iqlim özgarişining xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ta’sirini hisobga oliş taklif etilgani ayniqsa e’tiborga molik.

Yakuniy hujjatning eng muhim jihatlaridan biri uni amalga oşiriş böyiça aniq istiqbolli mexanizmlarning nazarda tutilganidir. Jumladan, Samarqand forumini inson huquqlari sohasida doimiy xalqaro muloqot maydoni sifatida rivojlantiriş hamda xalqaro paktlarni amalga oşiriş böyiça Samarqand raqamli hamkorlik platformasini taşkil etiş taşabbuslari ilgari surilgan.

Bunday platforma davlatlar va milliy inson huquqlari institutlari örtasida ilğor tajribalar, huquqiy yondaşuvlar, monitoring usullari va amaliy tavsiyalar almaşinuvini rivojlantirişga xizmat qilişi mumkin.

Hujjatga ilova qilingan «Yöl xaritasi»da-2027-yilda ustuvor yönalişlar böyiça körsatkiçlar tizimini işlab çiqiş,-2028-yilda dastlabki ixtiyoriy tahlilni ötkaziş,-2030-yilda Barqaror rivojlaniş maqsadlari bilan özaro boğliqlikni baholaş hamda-2040-yilda yakuniy ixtiyoriy körib çiqişni amalga oşiriş nazarda tutilgan.

Bu örinda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markaziga bir qator vazifalar belgilanganligi alohida ahamiyatga ega. Bunday mas’uliyat Milliy markazning xalqaro hamkorlikni muvofiqlaştiriş, ilmiy-tahliliy faoliyatni rivojlantiriş va inson huquqlari sohasidagi ilğor tajribalarni ommalaştiriş borasidagi örnini yanada mustahkamlaş imkonini beradi.

Şu bilan birga, nazarimizda, Samarqand taşabbusining uzoq muddatli samaradorligi belgilangan vazifalarning qay darajada aniq körsatkiçlar, mas’ul institutlar, amaliy natijalar va muntazam monitoring bilan ta’minlanişiga boğliq böladi.

Beşinçi Samarqand forumining yakuniy hujjati BMT Boş Assambleyasi rasmiy hujjati sifatida e’lon qilinişi Özbekistonning inson huquqlari sohasida xalqaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirişga qöşayotgan hissasini yana bir bor namoyon etdi.

Albatta, «Samarqand nigohi – 2040»ning haqiqiy qiymati uning xalqaro miqyosda tarqatilgani bilangina belgilanmaydi. Uning asosiy ahamiyati inson huquqlariga oid umumiy maqsadlarni davlat siyosatida, qonunçilikda, institutlar faoliyatida va eng muhimi, insonlarning kundalik hayotida amaliy natijalarga aylantiriş imkoniyatidadir.

Binobarin, uşbu hujjatni xalqaro hamkorlikning navbatdagi natijasi sifatidagina emas, balki inson qadr-qimmati, tenglik, ijtimoiy adolat va barqaror rivojlaniş tamoyillarini izçil röyobga çiqarişga qaratilgan uzoq muddatli dasturiy qaraş sifatida baholaş maqsadga muvofiq. Zero, «Samarqand ruhi»ning eng muhim mazmuni – xalqaro hamjihatlikni amaliy hamkorlikka, umume’tirof etilgan huquqiy tamoyillarni esa har bir inson hayotida seziladigan ijobiy özgarişlarga aylantirişdir.

 

Farhod Hayitboyev,

Inson huquqlari böyiça

Özbekiston Respublikasi Milliy markazi bölim boşliği

Nashr sanasi 30.10.2026 Ko'rishlar 202
Ulashish