Akademiyada navbatdagi maxsus imtihon bo‘lib o‘tdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy taraqqiyotning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga talabgorlar uchun imtihon bo‘lib o‘tdi.

Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, ta’lim va fan, huquqni muhofaza qilish faoliyati hamda iqtisodiyot sohalarida katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan ilmiy xodimlar va mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.

Test sinovlari va suhbat jarayonida da’vogarlarning “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga oid nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari baholandi.

Imtihon natijalariga ko‘ra, yuqori bilim va malakasini namoyish etgan 37 nafar ishtirokchi belgilangan namunadagi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Powered by GSpeech