“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni sovrindorlariga topshirildi
10-dekabr kuni poytaxtimizdagi Inson huquqlari uyida Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining milliy va xalqaro hamkorlari, mamlakatimiz viloyatlari markazlaridagi kutubxonalar xodimlari, Milliy markazning Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov tadbirni ochar ekan, xalqaro hamjamiyat tomonidan 1948-yili Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingani va ushbu xalqaro-huquqiy hujjatga dunyo ahli e’tiborini jalb qilish maqsadida 1950-yili BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni deb e’lon qilinganini ta’kidladi. Ushbu xalqaro sananing 2025 yilgi mavzusi "Inson huquqlari – kundalik hayotimizning ajralmas qismi" shioridir. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida mamlakatimizda har yili 1–10-dekabr kunlari "Inson huquqlari" o‘n kunligi o‘tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) mamlakatimizdagi doimiy vakili Akiko Fudzii hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi elchi Antti Karttunen so‘zga chiqib, inson huquqlarini rivojlantirish yo‘lidagi samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik izhor etdi. O‘zbekiston Hukumatining bu boradagi sa’y-harakatlari kelgusida ham izchil qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirildi.
Tadbir davomida Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, inson huquqlari sohasidagi ta’lim, fan va targ‘ibot hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar, xalqaro tashkilotlar hamda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jumladan:

I. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun:
● Xujamberdiyev Mamazair Axmedovich – Andijon davlat tibbiyot instituti fakultet terapiya kafedrasi mudiri;
● Artikova Svetlana Baymirzayevna – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari;

● Abdusalomov Mirza-Ulug‘bek Elchiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi;
● Nurmatova Mukaram Ahmedovna – O‘zbekiston Respublikasi Xotin- qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
● Turdiyev Rustambek Abdunazarovich – Xalq deputatlari Kengashi Sirdaryo viloyati ekspert guruhi a’zosi;

II. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati uchun:
● Mingboyev Ubaydulla Qurbonovich – O‘zbekiston Sudyalari assotsiasiyasining raisi;

● Teshabayeva Umida Alimdjanovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori;

● Toshkent shahar “SHAROIT PLUS” nogironlar jamiyati birlashmasi;

● O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi;

III. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va fanga qo‘shgan hissasi uchun:
● Rustambayev Mirzayusup Hakimovich – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i;

● Kutibayeva Yelizaveta Duysenbayevna – Qoraqalpoq davlat universiteti kafedrasi professori;

● Toshev Bobokul Norkobilovich – San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi Boshqaruvi raisining maslahatchisi;

● Turgunov Ilhom Turgunovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;

IV. Inson huquqlari sohasidagi targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun:
● Xudoyberdiyev Xushnud G‘ayratovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari;

● Ernazarov Erkin Madiyorovich – “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharriri;

● “Klass” gazetasi – bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy nashri;

● Eshmurodov Arslon Husanovich – “Odillik mezoni” ilmiy-amaliy, huquqiy jurnali bosh muharriri;

V. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun:
● Xabriyeva Taliya Yarullovna – Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti direktori;

● Azamat Shambilov – “Centre for Development and Justice International” (CDJI) xalqaro nodavlat tashkiloti rahbari;

● Changrok Sox – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari qo‘mitasi raisi.

Bundan tashqari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Jamoatchilik kengashining faol a’zolari va xalqaro hamkorlar Milliy markazning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni Prezidentimizning 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni asosida, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan ta’sis etilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»
Ўзбекча
English
Русский