BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi 145-sessiyasining yig‘ilishi
2–19-mart kunlari Jeneva shahrida BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining 145-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya ishida ushbu Qo‘mita a’zosi – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov ishtirok etyapti.
Sessiya doirasida BMT Qo‘mitasi a’zolari Andorra, Kanada, Chad, Moldova hamda Slovakiyaning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, erishilgan natijalar, shuningdek, mavjud muammo va qiyinchiliklar haqidagi davriy ma’ruzalarini ko‘rib chiqadi.
Bundan tashqari, Paktning 22-moddasiga oid, ya’ni o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalari tuzish va ularga a’zo bo‘lish huquqini o‘z ichiga olgan birlashish erkinligi huquqiga doir “38-sonli umumiy tartibdagi mulohazalar” loyihasi muhokama qilinadi.
Qo‘mita yig‘ilishi doirasida belgilangan tartibda taqdim etilgan individual xabarnomalarni ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский